5-avgust: svetoforlar bayrami va blogerning yana bir kuni
5-avgustda AQShda radio signali bilan boshqariladigan dunyodagi birinchi avtomobil sinovdan o‘tkazildi, Fransiyada krepostnoy huquq bekor qilindi, Turkiyada esa ko‘pxotinlik taqiqlandi. Yana shu kunda “Mars-6” kosmik missiyasi ishga tushirildi. Braziliyada esa 2016-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari boshlandi. 5-avgustda yana qanday qutlug‘ kunlar va bayramlar borligini quyidagi maqoladan bilib oling.
Svetoforlar kuni
Ayanan 5-avgustda Klivlendda (AQSh) piyodalar, haydovchilar va boshqa yo‘l foydalanuvchilari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga yordam beradigan dunyodagi birinchi elektr svetofori o‘rnatildi. Aytgancha, ushbu foydali ixtironing “otasi” muhandis Jeyms Xog sanaladi.
Bloger kuni
Blogerlar kuni butun dunyoda 14-iyunda nishonlansa-da, AQShda u ikki marta, shu jumladan 5-avgustda ham nishonlanadi. Behazil, amerikalik blogerlar dunyodagi eng mashhur va eng boy blogerlardir, shuning uchun ular nishonlash uchun qo‘shimcha tarzda o‘z blogerlik kuniga loyiqdirlar. Bloger do‘stingizni tabriklang yoki Instagram yoki Telegramda yangi post qo‘ying – kim biladi deysiz, balki shu post sizga +100 (kamida) obunachilarni olib keladi.
Ufqni tomosha qilish kuni
Bu bayram ham ijtimoiy tarmoqlarda yangi post uchun ajoyib g‘oya. Agar siz anchadan beri sahifangizga nimani joylashni bilmay yurgan bo‘lsangiz, Avgust oyi quyosh chiqishi va quyosh botishini suratga oling. Go‘zal manzara!
Yashil bulg‘or qalampir kuni
Bu esa yengil kechki ovqatga yaxshi g‘oya beradigan bayram. Biz qorinni kattartirmasdan, faqat organizmda ozuqaviy moddalar darajasini oshiradigan – qiyma solingan yashil bulg‘or qalampirli retsept bilan bo‘lishamiz.
Qiyma solingan bulg‘or qalampir retsepti
- Yashil bulg‘or qalampir – 3 dona
- Piyoz – 1 dona
- Sabzi – 1 dona
- Qiymalangan tovuq go‘shti – 230 g
- Qirg‘ichdan o‘tkazilgan pomidor – 150 gr
- Bulgur (qaynatilgan) – 100 gr
- Pishloq (har qanday)
- Tuz, ziravorlar
Tayyorlanishi
- Bulg‘or qalampirni ikkiga kesib, urug‘larni olib tashlaymiz va yaxshilab yuvamiz, piyozni mayda to‘g‘rab olamiz, sabzini esa qirg‘ichdan o‘tkazamiz.
- Sabzi va piyozni zaytun yog‘ida yumshoq bo‘lgunga qadar qovuramiz, qiymalangan go‘shtni qo‘shib, 10 daqiqa davomida pishiramiz.
- Bu massaga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pomidorni, bulgur va ziravorlarni qo‘shib, aralashtiramiz.
- Pech listiga bulg‘or qalampirni ichini tayyorlagan massamiz bilan to‘ldirib, 20 daqiqa (180’C) davomida pechda pishiramiz.
- So‘ng har bir qalampirga qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq sepib, eriguncha pechga solib olamiz. Tayyor taomimizni yengil smetana, yunon yogurti yoki shunchaki ko‘katlar bilan bezab tortamiz.