РУ
O’Z
UZS
/
/
5-iyul: mehnatsevarlar va boy bo‘lishni orzu qiladiganlarning bayrami
05.07.2024

5-iyul: mehnatsevarlar va boy bo‘lishni orzu qiladiganlarning bayrami

5-iyul: mehnatsevarlar va boy bo‘lishni orzu qiladiganlarning bayrami

5-iyul Xalqaro mehnatsevarlar va yuqori mansabga ko‘tarilib, birinchi millionini ishlab topishni orzu qilganlar kuni. Shuning uchun yengimizni shimarib, ishlarni tezgina bajarib, dam olish kunlariga ish qoldiqlarisiz, yengil ko‘ngil bilan chiqishingizni taklif qilamiz. Bugun yana qanday bayramlar nishonlanishi haqida taqvimimizdan bilib oling. 

Butunjahon bikini kuni 

Barcha yig‘ib qo‘ygan pullaringizni va dugonangiz/onangiz/singilingizni olib, xarid qilish uchun ajoyib imkoniyat. Ta’til yoki akvapark/basseyn uchun yangi suzish kiyimini sotib oling. Yoz faslining yana ikki oyi oldinda, siz esa doim chiroyli va trend bo‘yicha kiyinishingiz kerak. 

Rang-barang paypoqlar kuni 

Bugun bayram sharafiga zerikarli oq yoki qora paypoqlaringizni yorqinroq rangli va qiziq printli paypoqlarga o‘zgartirishni taklif qilamiz. Agar siz bank xodimi bo‘lib, qat’iy dress-kod asosida kiyinishingiz shart bo‘lsa, shimingiz ostida yorqin paypoq kiyishni hech kim taqiqlamasa kerak. Uni borligini faqat siz bilasiz va bu sizga o‘ziga xos ichki ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. 

Qo‘lsiz ishlash kuni 

Bu g‘ayrioddiy va hatto tasavvur qilib bo‘lmas ishlash turi, lekin aslida hammasi juda oddiy. 5-iyulda barcha og‘ir jismoniy mehnatdan voz kechib, rejalashtirish, maqsadlar qo‘yish, shu bilan birga aqliy faoliyat bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiq bo‘ladi! 

Olmali qatlama kuni

Bu AQSh va Yevropada shirinlik sevuvchilar tomonidan ixtiro qilingan bayram. Qatlama – bu o‘zbek somsasiga o‘xshash, faqat shirinlik sifatida pishiriladigan qat-qat pishiriqdir. Qatlamani qat-qat xamirni uchburchak shaklida ichiga turli xil nachinkalar solib tayyorlanadi. Mazali klassik olmali qatlama retsepti bilan bo‘lishamiz. Siz ham tayyorlab ko‘ring – bu juda mazali!

Olmali qatlama retsepti: 

Masalliqlar:

Qat-qat xamir (xamirturushsiz) – 500 g

Olma (nordon) – 500 gr

Shakar – 4 osh qoshiq

Ichimlik suvi – 50 ml

Limon sharbati – 1 osh qoshiq

Un (har qanday) – 2 osh qoshiq

Tuxum – 1 dona

Dolchin 

Tayyorlanishi:

  • Oldin nachinkani tayyorlab olamiz. Buning uchun olmani po‘stini archib, so‘ng mayda bo‘lakchalarga kesib olamiz. Olma bo‘laklarini kastryulkaga solib, unga limon sharbati, suv, 3 osh qoshiq shakar qo‘shib, qaynab chiqqandan so‘ng 10 daqiqa davomida pishiramiz. Quyuq holga kelguncha sovutamiz. Shuning uchun murabboni oldindan tayyorlab qo‘ygan ma’qul.
  • Eritib olingan xamirni un sepib yoyib olamiz. So‘ngra bir xil o‘lchamdagi kvadratlarga kesib olamiz.
  • Har biriga 1 osh qoshiqdan olma murabbosini solamiz. Xamirning bo‘sh chetini uchburchak shaklida yopib, chetlarini mahkamlab chiqamiz.
  • Har bir qatlamaga tuxumning sarig‘ini surib, ustidan shakar sepamiz.
  • 180 gradusgacha qizdirilgan pechda 15-20 daqiqa davomida pishiramiz. Yoqimli ishtaha!

5-iyulda kimlar tug‘ilgan?

  • Klara Tsetkin – feminizmning kelib chiqishida faol ishtirok etgan va 8-mart bayramining “yaratuvchilaridan” biri. Ammo u paytda bu bayram faqat tenglik haqida edi.
  • Edi Fialko – Gollivud aktrisasi va “Klan Soprano” teleserialining yulduzi. “Oltin globus” mukofoti sovrindori.
  • Ay Sugiyama – yaponiyalik tennischi, sobiq jahon birinchi-raketkasi, 4 karra “Katta shlem” turniri gʻolibi.