/
/
5-sentabr: xayr-saxovat bayrami va somsa “qarindoshi”ning kuni
04.09.2024

5-sentabr: xayr-saxovat bayrami va somsa “qarindoshi”ning kuni

5-sentabr — “Voyager” avtomatik sayyoralararo stantsiyasi ishga tushirilganining yubiley bayrami, shuningdek, Shveytsariyadagi eng uzun temir yo‘l tunneli (16 km!) ochilgan kun va Kim Ir Sen KXDRning abadiy prezidenti sifatida tan olingan kun. Bu shu kunda sodir bo‘lgan unutilmas voqealar, 5-avgustda nishonlanadigan qanday bayramlar Toping.uz tahririyatlarining e’tiborini tortganini quyidagi maqolada o‘qing.

5-sentabr: xayr-saxovat bayrami va somsa “qarindoshi”ning kuni

Xayr-saxovat kuni

5-sentabrda butun dunyoda nishonlanadigan bayram. Anglaganingizdek, bugungi kundagi asosiy vazifa xayrli ishlar qilishdir: muhtojlarga pul ehson qiling yoki oziq-ovqat, suv va kiyim-kechak kerak bo‘lganlarga yordam berishga harakat qiling.

“Samosa” pirojkilari kuni

Samosa — o‘zimizning somsaning olis “qarindoshi” bo‘lib, u Hindiston va Osiyo davlatlarida tayyorlanadi. U uchburchak shaklda tayyorlanadi va tashqi tomondan o‘zbek somsasiga o‘xshaydi, ammo pishirish jarayoni boshqacha – samosa maxsus qovurish idishida qovuriladi va dasturxonga doimo sous bilan tortiladi.

Psixoanalitiklar kuni

AQShda nishonlanadigan va hammamizga tanish bo‘lgan “Bu haqda gaplashmoqchimisiz?” degan savolni beradigan mutaxassislarning bayrami. Psixoanalitikning oddiy psixologdan farqi nimada? U bemorlar bilan tush ta’biri va ong ostidagi hissiyotlar orqali ishlaydi.

Pishloqli pitssa kuni

Siz ham pitssa ixlosmandi bo‘lsangiz, 5-sentabrda pitssa yetkazib berishni buyurtma qiling yoki mashhur italyan restorani, masalan, Toshkentdagi “Punto” restoraniga boring. Barcha did sohiblari – haqiqiy ovqat shinavandalari va havaskorlarga yoqishi kafolatlanadi.

5-sentabrda tug‘ilganlar:

  • Freddi Merkyuri. Afsonaviy rok musiqachisi, “Queen” guruhining bosh qo‘shiqchisi va britaniyaliklarning abadiy sevimli qo‘shiqchisi. Merkyurining hayoti haqidagi eng yaxshi film – “Bohemacha Rapsodiya”.
  • Yuliya Peresild. Aktrisa va Rossiyadan kosmosga chiqqan beshinchi ayol. Peresild kosmosda “Favqulodda qo‘ng‘iroq” filmida ishtirok etish uchun yashagan va ishlagan.
  • Maykl Kiton. Betmen va Bitljus rolini o‘ynashga muvaffaq bo‘lgan Gollivud aktyori. Aytgancha, yaqinda Tim Byorton mashhur filmining uzoq kutilgan davomi – “Beetlejuice 2” chiqariladi va unda yana Kiton yana bosh rolni o‘ynaydi.