/
/
$3000 oylik: Toshkentlik yigit xotin rolini oʻynash uchun qiz qidirmoqda
15.08.2024

$3000 oylik: Toshkentlik yigit xotin rolini oʻynash uchun qiz qidirmoqda

Olx portalida gʻayrioddiy eʼlon paydo boʻldi. Muallif ota-onasiga koʻrsatish uchun xotin qidirayotganini va bu rolga mos tushadigan qizga 2000 dan 3000 dollargacha oylik toʻlashini aytgan.

$5000 oylik: Toshkentlik yigit xotin rolini oʻynash uchun qiz qidirmoqda

Olx portalida toshkentlik yigit tomonidan joylangan eʼlon mashhurlikka erishdi. Unda yigit oʻziga xotinlik uchun rol oʻynaydigan qiz qidirayotganini yozgan.

Taʼkidlanishicha, muallif uzoq yillardan beri AQSHda yashaydi va u yerda oila qurib, farzand koʻrgan. Ammo uning ota-onasi kelini boshqa millatdan boʻlishini xohlamaydi.

Shu sababli yigit oʻziga oʻzbek qiz qidirmoqda. Talablarga koʻra, nomzod 22-26 yosh oraligʻida boʻlishi va Toshkentda yashashi kerak. Unga bir oyga 2000-3000 dollar oraligʻida maosh beriladi.

Eʼlon bergan yigit Chilonzor tumanida yashashini maʼlum qilgan. U kimdadir shunday tanishi boʻlsa, aloqaga chiqishni soʻragan. Ammo oradan koʻp oʻtmay ushbu eʼlon Olxʼdan oʻchirib tashlangan.