7-avgust. Notiqlar bayrami va yigitlar bazmi uchun eng yaxshi kun
1970-yil 7-avgustda birinchi kompyuter shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi, “Apollon 15” astronavtlari kosmik missiyasini tugatib, uylariga va oilalariga sog‘-salomat qaytib kelishdi. Ko‘cha dorbozi Filipp Petit esa Nyu-Yorkdagi mashhur “Butunjahon” egizak savdo markazi minoralari orasidagi dorni qo‘rqmay bosib o‘tdi. Bugungi kunda yana qanday esda qoladigan muhim sanalar va bayramlar borligini bugungi kun taqvimidan bilib olamiz.
Notiqlar kuni
O‘z sohasida go‘zal nutqqa ega bo‘lgan professionallar kuni. Notiqlik mahorati – bu omma oldida shunchaki gapirish qobiliyati emas, balki ularni ishontirish maqsadida chiqish qilishdir. Shuning uchun ham notiqlarning nutqi shu qadar uyg‘un, ovozi yo‘naltirilgan, jumlalari esa har qanday odamni gipnoz qilishga qodir bo‘ladi. Qizig‘i shundaki: dunyoning eng buyuk notiqlari orasida “Apple”ning marhum yaratuvchisi – Stiv Jobs ham bor.
Uylanmagan yigitlar kuni
Agar siz to‘yga tayyorgarlik ko‘rib, yigitlar bazmini qachon tashkil qilishni bilmayotgan bo‘lsangiz, unda 7-avgust – eng zo‘r sana. Agar hali gullagan yigitlik davri avjida va oilaviy hayot hali uzoqda bo‘lsa, shunchaki do‘stlaringiz bilan: Toshkentdagi biror choyxonada, sayohatda yoki o‘z uyingizda uchrashuv tashkil qilishingiz mumkin.
Mayoq chirog‘i kuni
7-avgust kuni bugungi bayram ramziga borishning hech hojati yo‘q, o‘zingizni tinglash kifoya. Hayotingizning mayoq chirog‘i nima ekanligi haqida, nima o‘sha mayoq kabi yo‘lingizni yoritib, eng qorong‘i davrlarda ham ishonch uyg‘otishini o‘ylab ko‘ring. Ehtimol, bu sizning farzandlaringiz, sevimli yoringiz, sevimli ishingiz yoki doim bolaligingizni eslatadigan ota-onangizning uyidir.
Malinani ko‘pirtirilgan qaymoq bilan yeyish kuni
Agar yaqin kunlarda supermarkatlardan malina sotib olgan bo‘lsangiz, unda siz ham amerikaliklar tomonidan ixtiro qilingan ushbu bayramni bugun nishonlashingiz mumkin. Malina nafaqat juda foydali, balki har qanday yuqori kaloriyali shirinlikni o‘rnini bosa oladigan mazali rezavor mevadir. Qaymoq esa shunchaki, qalbning quvonchi va lazzatning mukammal darajada his qilish uchun qo‘shiladi.
7-avgustda kimlar tug‘ilgan:
- David Duchovni. Gollivud aktyori va hamma ayollar sevgan o‘sha Agent Malder (“X-Fayllar”) va Henk Mudi (“Californication”).
- Sharliz Teron. Gollivudning eng go‘zal aktrisalardan biri, “Telba Max. G‘azab yo‘li” va “Dior” brendining yuzi.
- Jimmi Uels. U Vikipediyaning asoschisi, amerikalik millioner, “Wikimedia” fondining prezidenti.