8-avgust: Oftalmologlar, mushukni sevuvchilar va cheksizlik kuni
8-avgust kuni AQShda erkaklar tennisi bo‘yicha eng mashhur musobaqa — Devis Kubogi tashkil etildi, Germaniyada dunyoda birinchi avtomobil yuvish shaxobchasi uchun patent taqdim etildi, olimlar esa odamlarni klonlashtirishga urinishdi (2000-yil). 8-avgustda bo‘lib o‘tadigan unutilmas voqelar va bayramlar haqida batafsil bilish uchun bugungi kun taqvimimizdan o‘qib, bilib oling.
Oftalmolog kuni
Ko‘rish qobiliyatimizni diqqat bilan kuzatadigan, yaqin va uzoqni ko‘rishdagi muammolar haqida barcha tafsilotlarni biladigan, plyuslarni minusga aylantirishni biladigan va ko‘z gimnastikasini o‘rgata oladigan shifokor. Agar siz uzoq vaqtdan beri ko‘zingizni tekshirmagan bo‘lsangiz, demak, bugun – 8-avgust bayram sharafi munosabati bilan bunga vaqt ajrating.
Mushuklar kuni
Bu ikkitasi birda – ham uy hayvonlari, ham uning egasiga bag‘ishlangan bayram. Mushugingizni bugungi bayram bilan tabriklab, sevimli taomi bilan oziqlantiring, mehr bilan silab, undan ham minnatdor xurillashini eshiting. Aytishlaricha, bu tovush tinchlantiradi – uni meditatsion musiqa bilan taqqoslash mumkin va u og‘ir ish kunidan keyin juda foydali deyishadi.
Cheksizlik kuni
Cheksizlikning asl mazmuni haqida mushukning mehrli xurillaganida yoki ish va uy tashvishlari o‘rtasida o‘ylab ko‘rishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarni o‘chirib qo‘ying, telefoningizni “parvoz” rejimiga qo‘ying va abadiy cheksiz haqida o‘ylab, shunchaki jim o‘tiring, bilsangiz vaqti-vaqti bilan ana shunday jim o‘tirishlar psixolog ko‘rigiday ijobiy ta’sirga ega.
Sovutgichning tug‘ilgan kuni
Ha, 8-avgustda aynan shu buyuk (va ba’zan makkor) kashfiyot ixtiro qilingan. U oziq-ovqatlarni saqlaydi, jazirama issiqda ichimliklarni sovutadi, ammo ba’zan tungi chaqiruvlar bilan barchani o‘ziga tortib, tanada ortiqcha kilogrammlarning oshishiga olib keladi. Bu esa sizning intizomingiz masalasi bilan chambarchas bog‘liq.
Alpinistlar kuni
Bugungi kunda siz nafaqat alpinistlar kabi tepalikka chiqishingiz, balki ularning jasurligidan hayratlanib, ular haqidagi filmlarni tomosha qilishingiz mumkin. Axir ular tog‘larni zabt etadilar va qiyin yo‘llarni sinab ko‘radilar. Agar siz ham ushbu mushkul ishda o‘zingizni sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Toshkentdagi alpinistlar uchun safarlarni qidirib ko‘ring.
Sukini kuni
Agar uyingizda anchadan beri “yotib charchagan” kabachok bo‘lsa, mashhur bir taomni pishirishning ayni vaqti. E’tiboringizga sukinidan oladyalar retseptini taqdim qilamiz. Bu 10 daqiqada tayyorlanishi mumkin bo‘lgan yengil kechki ovqat uchun ajoyib va foydali g‘oya. Qani, boshladik!
Sukinidan oladyalar retsepti (2 ta porsiya uchun)
Sukini (kabachok) – 1 dona
Tuxum – 1 dona
Tvorog – 30 gr.
Un – 2 osh qoshiq (to‘la)
Ko‘katlar (har qanday)
Tuz, ziravorlar – ta’bga ko‘ra
Qovurish uchun yog‘
Tayyorlanishi:
- Kabachokni qirg‘ichdan o‘tkazib, tuz va murch qo‘shamiz. Ortiqcha suyuqlik chiqishini uchun 5 daqiqaga qoldiramiz.
- Kabachokni siqib olamiz, sharbatini to‘kib tashlaymiz. Endi tuxum, pishloq, un va ko‘katlarni qo‘shamiz. Hammasi silliq bo‘lguncha aralashtiramiz.
- Oltin jigarrang bo‘lgunga qadar har ikki tomondan oldindan qizdirilgan tovada qovurib olamiz.
- Dasturxonga smetana yoki yunoncha yogurt bilan tortamiz. To‘yimliroq bo‘lishi uchun qizil baliq, tunets balig‘i yoki pashot-tuxumini qo‘shish mumkin. Ta’mi og‘zingizda qolishi aniq.