/
/
Adiz Rajabov katta ekranlarga qaytmoqda
09.07.2024

Adiz Rajabov katta ekranlarga qaytmoqda

Taniqli aktyor Adiz Rajabov bir necha yillik tanaffusdan keyin rol ijro etishni boshladi. U “Piramida” deb nomlangan serialda suratga tushmoqda. Kartina sentyabr oyida premyera qilinadi.

Adiz Rajabov katta ekranlarga qaytmoqda

Adiz Rajabov katta ekranlarga qaytmoqda. Aktyor “Piramida” deb nomlangan serialda suratga tushishni boshladi.

“Har bir serial — bir missiya” tanlovining birinchi bosqichida “MY5” telekanali tomonidan taqdim etilgan “Piramida” seriali ham gʻolib deb topilgan.

Tanlov shartlariga koʻra, serial 60 qismdan iborat boʻlib, shu yilning sentyabr oyida respublikadagi nodavlat telekanallar orqali efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

Ssenariy muallifi Ravshan Yoʻldoshev, rejissyor Zuhriddin Rustamov tomonidan suratga olinayotgan ushbu serial hayotiy voqealar asosida yozilgan boʻlib, xalqimizning huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladi.

Unda tovlamachilik, firibgarlik va shunga oʻxshash moliyaviy piramidalarga aldanib qolmaslik haqida hikoya qilinadi. Ayni paytda serialning tasvirga olish ishlari Toshkent viloyatining togʻli hududlarida qizgʻin davom etmoqda.