Afrikada insoniyat tarixidagi ikkinchi eng katta olmos topildi
Lucara Diamond konchilik kompaniyasi Botsvanadagi Karove konida 2492 karatli (498,4 gramm) olmos topilganini maʼlum qildi.
Botsvanada topilgan qimmatbaho toshning ogʻirligi 2492 karat yoki deyarli yarim kilogrammni tashkil qiladi. Bu bugungi kunda mavjud boʻlgan eng katta olmos va bir asrdan koʻproq vaqt oldin boʻlaklarga boʻlingan “Kullinan”dan keyingi ikkinchi olmosdir.
Lucara Diamond konchilik kompaniyasi Botsvanadagi Karove konida 2492 karatli (498,4 gramm) olmos topilganini maʼlum qildi. Hali oʻz nomini olmagan marvarid tarixdagi ikkinchi va hozir mavjud boʻlganlar orasida eng katta olmos boʻldi.
Bundan kattaroq yagona olmos — 3106,75 karat yoki 621,35 gramm — 1905-yilda Janubiy Afrikada topilgan mashhur “Kullinan” edi. Ammo bu tosh 20-asrning boshlarida yuzdan ortiq boʻlaklarga boʻlingan. “Kullinan”ning kesilgan boʻlaklarining eng kattasi — Afrikaning Buyuk Yulduzi olmosning ogʻirligi 530,2 karat boʻlib, Britaniya minorasida saqlanayotgan qirol Edvard VII ning tayoqchasini bezatadi.
Lucara Diamond kompaniyasi kashfiyot rejalari haqida hech narsa demadi. 2015-yilda xuddi shu kondan topilgan ogʻirligi 1100 karatdan ortiq boʻlgan olmos Lesedi La Rona (“Bizning nur”) deb nomlandi va 2017-yilda butunligicha va kesilmagan holda 53 million dollarga sotilgandi (“Nodir topilma”), uning ogʻirligi 1758 karat edi, ammo Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, qimmatbaho tosh hisoblanmadi.