верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
Air Samarkand Samarqanddan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda
28.09.2024

Air Samarkand Samarqanddan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Air Samarkand Samarqanddan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Parvozlar 29-sentabrdan boshlanib, haftada ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqanddan Toshkentga muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar haftada ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur yo‘nalishdagi birinchi reys 29-sentabr kuni harakatlanishi rejalashtirilgan.

Juma kunlari aviaqatnov quyidagi jadval asosida olib boriladi:

  • 9S 101 Samarqanddan jo‘nab ketish — soat 07:30;
  • 9S 102 Toshkentdan jo‘nab ketish — soat 22:50.

Yakshanba kunlari esa quyidagi jadval asosida:

  • 9S 105 Samarqanddan jo‘nab ketish — soat 08:00;
  • 9S 106 Toshkentdan jo‘nash soat — 21:40.

Aviachiptalarni airsamarkand.com, easybooking.uz saytlaridadan, shuningdek, O‘zbekiston aviakassalari orqali olish mumkin.

Chiptalar narxi bagaj bilan 76 548 so‘mdan boshlanadi. Mazkur narx aksiya vaqtida amal qilishi qayd etilgan.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.