РУ
O’Z
UZS
/
/
AirPods quloqchinlari 575 ming dollarlik oʻgʻirlangan sportkar va jinoyatchini topishga yordam berdi
01.10.2024

AirPods quloqchinlari 575 ming dollarlik oʻgʻirlangan sportkar va jinoyatchini topishga yordam berdi

AirPods quloqchinlari 575 ming dollarlik oʻgʻirlangan sportkar va jinoyatchini topishga yordam berdi

AQSH politsiyasi talon-toroj qilingan, qiymati 575 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 2023-yilgi Ferrariʼni AirPods quloqchinlari tufayli topdi. Bu haqda Apple Insider portali xabar bermoqda.

Politsiyachilar quloqchinlarni yoqilgʻi quyish shoxobchasigacha kuzatib borishdi. Gumonlanuvchi yashirinishga ulgurgan boʻlsada, uning shaxsi tezda boshqa yoʻqolgan qurilmasi — mashinadan qochib tushayotib tushirib yuborgan shaxsiy iPhone orqali aniqlandi. Jinoyatchi Uoterberilik 22 yoshli Dion Shotten boʻlib, u hibsga olingan va transport vositasini oʻgʻirlashda ayblangan.

Uning sherigi, 19 yoshli Kion Vebster ham qoʻlga olindi. Tergov shuni aniqladiki, ikkala gumonlanuvchi oʻgʻirlangan avtomobilni navbatma-navbat boshqargan. Uoterberi politsiyasi boshligʻi Fernando Spanoloning taʼkidlashicha, Vebster allaqachon avtomobil oʻgʻirlash va boshqa jinoyatlar bilan bogʻliq yettita ayblovga ega.

Qayd etilishicha, avtomobil egasi tomonidan salonda qoldirilgan naushniklar avtomobil oʻgʻirlovchisining iPhoneʼsi borligi tufayli “Lokator” ilovasida oʻzining aniq geolokatsiyasini yuborishga yordam berdi, bu esa Ferrariʼni kuzatishga yordam berdi.