/
/
“Ajabtovur ishlar” serialining soʻnggi mavsumini suratga olish jarayonidan video paydo boʻldi
16.07.2024

“Ajabtovur ishlar” serialining soʻnggi mavsumini suratga olish jarayonidan video paydo boʻldi

Aktyorlar Kaleb Maklaflinning aytishicha, hozirda eʼlon qilingan materialning yarmi suratga olingan. Tasvirga olish ishlari Atlantada boʻlib oʻtmoqda.

“Ajabtovur ishlar” serialining soʻnggi mavsumini suratga olish jarayonidan video paydo boʻldi

Netflix kompaniyasi “Ajabtovur ishlar” serialining soʻnggi beshinchi faslining sahna ortidagi videosini taqdim etdi. Serialning chiqishi 2025-yilda kutilmoqda.

Videoda shou aktyorlaridan biri Kaleb Maklaflinning aytishicha, hozirda eʼlon qilingan materialning yarmi suratga olingan. Tasvirga olish ishlari Atlantada boʻlib oʻtmoqda. Mualliflar aka-uka Mett va Ross Dafferlar.

“Ajabtovur ishlar” 2016-yilda debyut qilgan. Syujet parallel oʻlchovga duch kelgan Xokins shahrida yashovchi bir guruh doʻstlar haqida hikoya qiladi. Serialdagi rollarni Milli Bobbi Braun, Vaynona Rayder, Devid Xarbor, Finn Vulfxard, Sedi Sink, Mayya Xouk va boshqalar ijro etgan.