/
/
“Ajdaho uyi” serialidagi fasllar soni maʼlum boʻldi
07.08.2024

“Ajdaho uyi” serialidagi fasllar soni maʼlum boʻldi

Yozuvchi va ijrochi prodyuser Rayan Kondal uchinchi faslning holati haqida ham maʼlumot bilan oʻrtoqlashdi: hozirda ssenariy yozilmoqda, prodyuserlik ishlari kuzda boʻlib oʻtadi va ishlab chiqarish 2025-yil boshida boshlanadi.

“Ajdaho uyi” serialidagi fasllar soni maʼlum boʻldi

“Taxtlar oʻyini” prikveli hisoblangan “Ajdaho uyi”ning fasllar soni maʼlum boʻldi.

5-avgust kuni bir kun avval yakunlangan ikkinchi faslni sarhisob qilishga bagʻishlangan matbuot anjumani chogʻida, fantastik dramaning shou-ratori Rayan Kondal “Ajdaho uyi”ning yana ikki fasli suratga olinishini tasdiqladi va shu bilan film tugaydi.

Yozuvchi va ijrochi prodyuser uchinchi faslning holati haqida ham maʼlumot bilan oʻrtoqlashdi: hozirda ssenariy yozilmoqda, prodyuserlik ishlari kuzda boʻlib oʻtadi va ishlab chiqarish 2025-yil boshida boshlanadi.

Uchinchi mavsumdagi epizodlar sonini aytishni soʻrashganida, Rayan Kondal HBO rahbariyati bilan bu masalani hali muhokama qilmaganini aytdi. “Hozir, dramatik hikoya qilish nuqtai nazaridan shuni aytmoqchimanki, shou dinamikasi bir xil boʻlib qoladi va ikkinchi mavsumga mos keladi”.