/
/
Aktrisa Feruza Yusupova dadasiga mashina sovgʻa qildi
17.09.2024

Aktrisa Feruza Yusupova dadasiga mashina sovgʻa qildi

Sanʼatkor havas qilgan barchaga bundan ham kattaroq sovgʻalar berish nasib qilishini tilagan.

Aktrisa Feruza Yusupova dadasiga mashina sovgʻa qildi

Aktrisa Feruza Yusupova dadasiga mashina hadya qildi. Bu haqda u Instagramʼdagi sahifasida xabar bergan.

U avvallari dadasining qizil rangli Ford rusumidagi mashinasi boʻlganini, ammo uni sotishga toʻgʻri kelganini esladi. Oila shu mashinani qattiq yaxshi koʻrgan.

Aktrisa yolgʻiz qiz farzandlarga murojaat qilib, hozirgi vaziyatdan chiqib keta olmaydigandek boʻlsa ham, bardosh bilan kurashishni maslahat bergan.

“Hammasi vaqtincha va sizni bundan ham chiroyli kunlar kutib turibdi, hecham oʻksinmang. Qiyinchiliklarga qaramasdan, faqat oldinga intiling”, — deb taʼkidlaydi aktrisa.