Aktrisa Oydin Yusupova homiladorligini maʼlum qildi
U sevgan insonidan homilador ekanini bildirib, bundan xursand ekanini taʼkidlagan. Aktrisa hozirda Rossiyada serialda suratga tushmoqda.
Aktrisa Oydin Yusupova homiladorligini maʼlum qildi. Bu haqda Instagramʼdagi storyʼda xabar berildi.
Yusupova ijobiy homiladorlik testini koʻrsatib, sevimli insonidan ekanini yozgan. Bu esa muxlislarning qiziqishiga sabab boʻlgan.
Oydin Yusupova bir necha oydan beri rossiyalik kinoijodkorlar tomonidan suratga olinayotgan “Oila kuni” deb nomlangan serialda suratga tushmoqda.
Aynan shu serialdan olingan toʻy sahnasi internetda tarqaldi. Shundan soʻng kuzatuvchilar aktrisani toʻyi bilan tabrikladi. Ammo bu faqat serialdan kadr ekani aytildi.
Aktrisa otasi Sharif Yusupovning vafotidan soʻng 2016–2022-yillar oraligʻida filmlarda suratga tushmay qoʻygan. U turmushga chiqmagan, lekin sevgan insoni borligini maʼlum qilgan.