РУ
O’Z
UZS
/
/
Al Pachinodan hayot saboqlari
05.09.2024

Al Pachinodan hayot saboqlari

Al Pachinodan hayot saboqlari

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Al Pachino oʻzi oʻrgangan “hayot saboqlari” haqida soʻzlab bergan videosi tarqalmoqda. U oʻz nutqini “Hayot haqidagi oʻnta noxush haqiqat” deb nomlagan.

“Men buni 9 yilda anglab yetdim, sizlarga esa bir daqiqada oʻrgataman,” deydi aktyor.

  1. Maosh — bu orzularingizni unutishingiz uchun beriladigan giyohvand modda.
  2. Agar qulay paytni kutaveradigan boʻlsangiz, butun hayotingizni behuda oʻtkazib, hech narsaga erishmaysiz.
  3. Doʻstlaringiz va qarindoshlaringizga ishonsangiz ham, ularga oʻzingiz haqingizda hech narsa aytmang.
  4. Hayotingizni yaxshilashni boshlasangiz, doʻstlaringizning 99 foizini yoʻqotasiz.

  5. Ota-onangizni kechirsangiz va muammolaringiz uchun ularni ayblamay qoʻysangiz, oʻn barobar baxtliroq boʻlasiz.
  6. Hech narsani yurakka yaqin olmaslikni oʻrganib, yanada yetukroq insonga aylanasiz.
  7. Sizga oʻz-oʻzini rivojlantirish haqida yuzta kitob emas, balki faqat oʻz-oʻzini nazorat qilish va harakat qilish kerak.
  8. Yer yuzidagi eng qiyin vazifa — bu orzularga eʼtibor qaratish, eng oson vazifa esa — shikoyat qilishdir.
  9. 30 yoshga kelganda doʻstlaringiz doirasi pul topish, jismoniy salomatlik va oila haqida oʻylashi kerak.
  10. Odamlar yolgʻizlikdan qoʻrqib, zaharli munosabatlarga oʻralashib qoladi.

Bu yil Al Pachino 84 yoshga toʻldi. U “Choʻqintirgan ota” va “Chandiq yuz” filmlaridagi rollari bilan tanilgan.