верхний лего
РУ
O’Z
UZS
/
/
AliExpress bilan kayfiyatingizni ko‘taradigan mahsulotlar TOP 10 taligi
25.04.2025 (yangilandi 25.04.2025)

AliExpress bilan kayfiyatingizni ko‘taradigan mahsulotlar TOP 10 taligi

AliExpress bilan kayfiyatingizni ko‘taradigan mahsulotlar TOP 10 taligi

Kayfiyat - bu onlayn buyurtma berish mumkin bo‘lgan narsa. Biz AliExpress bilan 10 ta qiziqarli, yoqimli va foydali mahsulotlarni to‘pladik, ular nafaqat arzon, balki chinakamiga zavq bag‘ishlaydi. Yorituvchi mushukchalardan tortib yig‘ma klaviaturalargacha, mini dazmollardan tortib selfi chiroqlarigacha - siz bu yerda albatta o‘zingiz uchun nimadir topasiz.

Oy shaklidagi tungi chiroq

PLA biologik parchalanadigan materialdan tayyorlangan yorqin shar yumshoq va qulay yorug‘likni ta’minlaydi (iliq va sovuq, bu moslashtiriladi). Foydalanuvchilar shar ichidagi tasvirning sifatli o‘yilishi va chiroyli sovg‘a o‘ramini ta’kidlaydilar.

Chiroq o‘rnatiladigan batareyadan ishlaydi, USB orqali quvvatlanadi va CE, FCC va ROHS standartlari bo‘yicha sertifikatlangan. Sovg‘a sifatida yaxshi mahsulot.

Narxi: 435 976.40 UZS ( 7̶2̶6̶ ̶6̶2̶7̶.̶3̶3̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Sayohat uchun mini dazmol

Bir necha kunlik safarga chiqadigan va dazmolga ehtiyoj sezadiganlar uchun. Mini dazmol kaftingizga sig‘adi. Kichik o‘lchamiga qaramay, u o‘z vazifasini uddalaydi. Foydalanuvchilar uning dizaynini maqtashmoqda, shu bilan birga ular Yevropa rozetkalari uchun adapter kerak bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Narxiа: 81 086.92 UZS (1̶1̶1̶ ̶1̶3̶9̶.̶1̶7̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Yorug‘lik diodli shnurlari

Ular ranglarni almashtirish, qizil rang bilan miltillash va ikkita rang bilan navbatma-navbat miltillash kabi uch xil yorug‘lik rejimiga ega.  Shurlari osongina ulanadi, qorong‘ida ham yorqin va sezilarli ko‘rinadi. Foydalanuvchilar dizayn va o‘ziga xoslikni maqtashadi, ammo kamdan-kam hollarda bog‘ichlardan biri ishlamasligi yoki poyabzaldagi standart teshiklar uchun juda qalin bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashadi. Shunga qaramay, narxining arzonligi va tomoshabop ta’siri tufayli mahsulot g‘ayrioddiy tafsilotlarni sevuvchilar orasida juda mashhur.

Narxi: 37 226.88 UZS (6̶5̶ ̶2̶4̶8̶.̶5̶7̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Ko‘zgu uchun yorug‘lik diodli yoritgichi

Qo‘shimcha yoritish uchun. Yorug‘lik diodlarining yuqori zichligi (608 dona/m) va katta ko‘rish burchagi (180°) tufayli yorug‘lik yengil, bir tekis, ko‘zni qamashtiruvchi dog‘larsiz bo‘ladi. Tasma uchta rang haroratini (2700K, 4000K, 6500K) ushlab turadi, yorqinlik sozlanadi - barchasi qulay sensorli o‘chirgich yordamida boshqariladi.

Narxi: 263 972.44 UZS (3̶7̶7̶ ̶1̶4̶2̶.̶1̶7̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Tish pastasi uchun avtomatik dispenser

Tish pastasi va nihoyat duch kelgan joyda yoyilib ketmaydi. Dispenser yopishqoq asos yordamida devorga mahkamlanadi. Changdan himoyalovchi qurilmaga ega. Silikon klapan pasta havo bilan aloqaga kirishmasligini ta’minlaydi (shuning uchun u qurib qolmaydi). Xaridorlar sharhlarda dispenser barqaror ishlayotganini yozishadi, garchi ba’zi qisqa tumshuqli tyubiklar mos kelmasligi mumkin.

Narxi: 69 020.21 UZS (9̶7̶ ̶2̶2̶1̶.̶6̶1̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Portativ fotoprinter

Bir-ikki marta siz uchun stikerlar chop etadi. Termobosma texnologiyasi bo‘yicha ishlaydi, demak, siyohga muhtoj emas. 200 DPI aniqlik darajasida chop etadi. Qurilma iOS va Android bilan mos keladi, Bluetooth orqali ulanadi va Type-C yordamida quvvatlanadi. Printer o‘qish, ijod qilish, kundalik yuritish, saqlashni tashkil etish va hatto sovg‘alarni bezash uchun quvnoq qo‘shimcha yordamchiga aylanadi.

Narxi: 227 557.78 UZS (3̶7̶9̶ ̶3̶0̶8̶.̶1̶0̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Telefon uchun selfi halqasi

Yorug‘lik kamligida surat va videolaringiz sifatini yaxshilaydi. Halqa uchta yorqinlik darajasiga ega, yumshoq bir tekis yorug‘lik. Telefoningizga ehtiyotkorlik bilan biriktiriladi. Sharhlarda halqani selfi, video qo‘ng‘iroqlar, TikTokda kontent yaratish uchun ishlatishlarini yozishadi. Chiroq yorqin yorug‘lik beradi, tez zaryadlanadi va frontal hamda asosiy kamera bilan a’lo darajada ishlaydi. Cho‘ntakka sig‘adi.

Narxi: 9 746.67 UZS (1̶1̶ ̶5̶0̶6̶.̶4̶9̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Muzlatgich uchun shisha magnitlar

Bu magnitlar konfetga o‘xshaydi, ajoyib silliq shisha yuzasiga ega - qo‘lga olish yoqimli. Kichik vazniga qaramay, otkritkalar, fotosuratlarni mustahkam ushlab turadi. Sharhlarda deyarli har ikkinchi xaridor mahsulotni yana buyurtma berishni xohlashini yozgan. Tilga olinadigan yagona kamchilik - ularning kichik o‘lchamda ekanligidir. Ammo agar sizga xarakterli zamonaviy mayda-chuydalar yoqsa, bu - siz uchun topilma hisoblanadi.

Narxi: 34 519.47 UZS (5̶3̶ ̶2̶0̶0̶.̶6̶0̶ ̶U̶Z̶S̶ o‘rniga).

Telefon uchun mini klaviatura

Tez-tez smartfon yoki planshetda ishlaydiganlar uchun foydali. U ixcham va yengil (165 gramm), ikki marta buklanadi, sumkaga yoki hatto cho‘ntakka oson joylashadi. U Bluetooth orqali uchta qurilmaga ulanadi va o‘rnatilgan taglik gadjetni qulay burchak ostida ushlab turadi - bu ham matn terish, ham video tomosha qilish uchun qulay. Batareya 50+ soat faol ishlashga yetadi. Xaridorlar uni ayniqsa iPhone bilan ishlatilganda qulayligi uchun maqtashadi, lekin tugmachalari juda kichik - hamma uchun ham mos kelmasligini ta’kidlashadi. Blogerlar, talabalar va "yo‘l-yo‘lakay" yozadiganlar uchun yordamchi.

Narxi: 508 857.65 UZS (7̶2̶6̶ ̶9̶3̶9̶.̶5̶0̶ ̶U̶Z̶S̶  o‘rniga).

Dengiz muchugi shaklidagi tungi chiroq

Tungi chiroq ushlab ko‘rilganda yumshoq, yoqimli silikondan yasalgan va yengil teginish bilan ranglarini o‘zgartiradi. U uchta AAA batareyasi bilan ishlaydi (to‘plamga kiritilmagan), bu esa uni to‘liq simsiz qiladi va istalgan joyda - yotoq yonidagi tumbochka, javon yoki hatto bolalar chodirida o‘rnatish uchun qulay. Xaridorlarning ta’kidlashicha, tungi chiroq chiroyli yonadi, ko‘zni qamashtirmaydi. Ba’zilar foydalanishning birinchi davrida kuchsiz hiddan shikoyat qilishadi. Qolganlari - har qanday yotoqxonani bezab turadigan yoki yoqimli sovg‘a bo‘ladigan maftunkor va funksional aksessuar ekanligini qayd etishadi.

Narxi: 106 671.94 UZS (1̶6̶4̶ ̶0̶6̶9̶.̶0̶3̶ ̶U̶Z̶S̶  o‘rniga).

AliExpress orqali O‘zbekistonga qanday buyurtma berish mumkin

Mahsulotga buyurtma berish uchun nima qilish kerak:

1) Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, saytda ro‘yxatdan o‘ting.

2) Saytni o‘zingizga moslashtiring: mamlakat, til va valyutani tanlang.

3) Mahsulotlarni tanlang va ularni savatchaga qo‘shing.

4) Buyurtmani rasmiylashtirish sahifasiga o‘ting. Ilgari qilmagan bo‘lsangiz, yetkazib berish manzilini kiriting. To‘ldirilgan ma’lumotlarni tekshirib ko‘ring.

5) Xarid qilmoqchi bo‘lgan mahsulotingiz ro‘parasiga belgi qo‘ying.

6) Tovar haqini to‘lang. O‘zbekistonga yetkazib berishda HUMO, UzCard va MasterCard kartalari qabul qilinadi.

E’tibor bering: barcha narxlar va chegirmalar e’lon qilingan vaqtda - 2025-yil 24-aprelda amal qiladi.

Bu qiziq

"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
"Aliekspress"da LEGO analoglari sotilmoqda
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.