/
/
Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi taʼminoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd soʻm toʻladi
12.09.2024

Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi taʼminoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd soʻm toʻladi

Toshkent viloyatida ayol farzandlari uchun 18 yoshgacha toʻlanishi kerak boʻlgan alimentni birdan toʻlab berdi.

Alimentda rekord: ayol 3 nafar farzandi taʼminoti uchun sobiq eriga 1,7 mlrd soʻm toʻladi

Toshkent viloyatida aliment toʻlash bilan bogʻliq rekord qayd etildi, deb Kun.uzʼga xabar berdi Majburiy ijro byurosi.

Taʼkidlanishicha, Toshkent tumanida ayol 3, 4 va 6 yoshli farzandlari taʼminoti uchun 18 yoshgacha boʻlgan aliment qarzdorligini toʻlash istagini bildirgan.

Boisi ayol davolanish uchun chet elga chiqishi kerak boʻlgan. Alimentdan qarzdorligi va shu sababli MIB taqiqi boʻlgani uchun ayol davolanishga keta olmayotgan boʻlgan.

Uch nafar farzand uchun 2039-yilgacha aliment toʻlovi 1 mlrd 748 mln 902 soʻm etib hisoblangan va ushbu summa undiruvchiga topshirilgan.