“Andijon” FK ilk bor Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi
Fargʻonada 20 ming tomoshabin qarshisida oʻtgan Oʻzbekiston kubogi-2024 finalida vodiyning ikki jamoasi “Andijon” “Navbahor”ga qarshi toʻp surib, 122-daqiqadagi gol evaziga oʻz tarixida ilk bor kubok sohibiga aylandi va 2025-yilda Osiyo Chempionlar ligasida qatnashadigan boʻldi.
Finalga boʻlgan qiziqish qanchalik yuqori ekanligini vodiyning uch viloyati Fargʻona, Namangan va Andijon hokimlari ham bu bahsni tomosha qilish uchun “Istiqlol” stadioniga kelganidan ham bilsa boʻladi.
35-daqiqada namanganliklar vakili Abrorbek Ismoilov hisobni ochgan boʻlsa, 82-daqiqada Muhammadkarim Toirov farqni tenglashtirdi – 1:1.
116-daqiqada Andijon jamoasi Islom Mamatkazinning goli evaziga gʻalabani ilib ketgandek edi, ammo Toma Tabatadze 118-daqiqada hisobni tenglashtirdi va jamoalar penaltilar seriyasiga oʻtadigandek edi.
Ammo bunga andijonliklar himoyachisi Vladimir Bubanya rozi boʻlmadi va 120+2-daqiqadagi goli evaziga “Andijon”ga oʻz tarixidagi eng muhim gʻalabani keltirdi. Shu tariqa, “Andijon” oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylanib, keyingi yil OCHL-2da ishtirok etadigan boʻldi.