Andijondagi xalqaro musiqiy festivalga 6 mlrd soʻm sarflandi
Xalqaro festival davomida Xonobod shahriga mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2,5 barobarga ortdi. Umumiy hisobda festivalga barcha manbalar hisobidan jami 6 milliard soʻm mablagʻ sarflangan.
Andijon viloyati Xonobod shahrida 29–31-iyul kunlari “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada sanʼati festivali boʻlib oʻtdi.
Viloyat hokimligi xabariga koʻra,umumiy hisobda festivalga barcha manbalar hisobidan jami 6 milliard soʻm mablagʻ sarflangan. Xalqaro festival davomida Xonobod shahriga mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilar soni 2,5 barobarga (2 mln nafar) ortdi.
Tadbirkorlik subyektlarida tushum keskin ortdi. Jumladan, 2024-yilning 7 oyi davomida tushum 48 milliard soʻmni tashkil qilib, (shundan 29-30-31-iyul kunlari 8,5 milliard soʻmga yetgan) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2 barobarga ortdi.
Bu koʻrsatkichlar Xonobod shahridagi tadbirkorlik subyektlarining va axolinnig daromadi oshganligini koʻrsatmoqda. Mehmonlarga xizmat koʻrsatuvchi dala hovli va uy mexmonxonalaridagi yotoq joylar soni 1900 tani tashkil qilgan boʻlsa 2024-yilda bu raqam 6 mingdan ortdi.
Ayniqsa, aholi daromadlarini oshirish, ish bilan taʼminlash va kam daromadli fuqarollarning daromadini oshirishda “Sayxunobod”, “Uychi” tajribasi asosida 600 dan ortiq xonodonlarda uy-mexmonxonalar tashkil etildi.