Android smartfonlardagi xavfli ilovalar roʻyxati eʼlon qilindi
Roʻyxatdagi ilovalar josuslik dasturidan foydalanishi mumkin. Shu sababli bu dasturlarning koʻpchiligi Appleʼning Play Store doʻkonidan oʻchirib tashlangan.
Android smartfoni egalari tezda oʻchirib tashlashi kerak boʻlgan ilovalar roʻyxati eʼlon qilindi. Bu roʻyxat “Onliner” nashri muharrirlari tomonidan tuzib chiqilgan.
Unga koʻra, roʻyxatga 2016-yildan beri internetda “suzib yurgan” Mandrake (Androidʼdagi josuslik dasturi)ning oʻzgartirilgan versiyasiga ega ilovalar kiradi.
Bu dasturiy taʼminot AirFS, Astro Explorer, Amber, CryptoPulsing va Brain Matrix kabi ilovalarda topilgan. Bu ilovalar unchalik mashhur emas, barchasi qariyb ming martadan yuklab olingan.
Faqatgina AirFS dasturi 30 ming martadan koʻproq yuklab olingan. Maqola mualliflari ushbu dasturlarni zudlik bilan Android smartfonlardan oʻchirib tashlashni maslahat bergan.
Boshqa roʻyxatda esa ishlash uchun juda koʻp huquqlarni talab qiladigan ilovalar keltirilgan. Ular ham ancha shubhali hisoblanadi. Bu roʻyxatga WOW Beauty Camera, Creative 3D Launcher, GIF Emoji Keyboard, 2FA Authenticator kabi ilovalar kiritilgan.