/
/
“Anora” filmining ilk treyleri eʼlon qilindi
16.07.2024

“Anora” filmining ilk treyleri eʼlon qilindi

Ushbu film bosh qahramoni millatining oʻzbek deya tasvirlangan fohisha hisoblanadi. Shu sababli Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgandi. 

“Anora” filmining ilk treyleri eʼlon qilindi

NEON studiyasi soʻnggi Kann kinofestivali gʻolibi boʻlgan, rejissyor Shon Beyker tomonidan ishlangan “Anora” filmining ilk treylerini eʼlon qildi.

Film voqealari AQSHning Bruklin shahrida boʻlib oʻtadi. Anora — oʻzini Eni deb ataydigan oʻzbek millatiga mansub 25 yoshli striptiz va fohishalik bilan shugʻullanuvchi qiz.

Eni oʻzi ishlaydigan klubda 21 yoshli rossiyalik Vanya bilan tanishadi. Ular oʻzaro umumiy til topishadi. Vanya qizni hashamatli uyiga olib keladi. Ular aroq ichadi va PlayStation oʻynaydi, soʻngra toʻsatdan Vanya Eniga Las-Vegasga uchib ketishni va turmush qurishni taklif qiladi.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu film bosh qahramoni millatining oʻzbek deya tasvirlangan. Shu sababli Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirgandi. Agentlik film voqealar rivojini haqiqatdan yiroq deb taʼkidlagan va bu millat shaʼniga dogʻ tushirishini bildirgan.