Apple iPadʼni kompyuterga aylantirishning arzon usuli ustida ishlamoqda
Ishga tushirishning aniq sanasi hali tasdiqlanmagan, ammo Apple allaqachon mahsulotni sinovdan oʻtkazish bosqichida. Kompaniya reliz sanasi yaqinlashgani sari batafsilroq maʼlumot berishi mumkin.
Apple asosiy iPad va yangi iPad Air uchun yanada arzonroq Magic Keyboard klaviaturasini yaratish ustida ishlamoqda. Bu haqda Gizchina nashri insayder va Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanning yangi hisobotiga tayanib xabar bermoqda.
Narxni kamaytirish uchun yangi klaviaturada iPad Pro versiyasiga nisbatan arzonroq materiallardan foydalaniladi. Alyuminiy korpus oʻrniga eski iPad Magic klaviaturalarida ishlatilganidek silikon materiali ishlatilishi mumkin. Bu qadam aksessuarni sifatga zarar yetkazmagan holda foydalanuvchilar uchun yanada qulayroq qilishga qaratilgan.
Gurmanning soʻzlariga koʻra, agar hammasi yaxshi boʻlsa, yangi Magic Keyboard hamyonbop klaviaturasi taxminan 2025-yilning oʻrtalarida bozorda paydo boʻlishi mumkin. Ishga tushirishning aniq sanasi hali tasdiqlanmagan, ammo Apple allaqachon mahsulotni sinovdan oʻtkazish bosqichida. Kompaniya reliz sanasi yaqinlashgani sari batafsilroq maʼlumot berishi mumkin.
Shu yilning may oyida Apple baʼzi oʻzgarishlar bilan 2024-yilgi iPad Pro uchun yangi Magic Keyboard klaviaturasini taqdim etdi. Ushbu klaviatura 14 ta funksional tugmadan iborat boʻlib, kichik ochilish va yopish burchaklarini taʼminlaydi, shuningdek, kaftlar uchun alyuminiy taglikni va taktil teskari aloqani qoʻllab-quvvatlaydi.