/
/
Apple iPhone 16 chiqish sanasi, modellari, xususiyatlari
05.09.2024

Apple iPhone 16 chiqish sanasi, modellari, xususiyatlari

iPhone 16 taqdimoti bir necha kundan soʻng — 9-sentyabrda boʻlishi kutilmoqda. Bundan ancha oldin internetda smartfonlar haqida insayderlar maʼlumotlari tarqala boshlagandi.

Apple iPhone 16 chiqish sanasi, modellari, xususiyatlari

Apple kompaniyasi yangi iPhone 16 iPhone 15 dan sezilarli darajada farq qilishini maʼlum qildi. Yangi avlod smartfonlarida yangilangan dizayn va funksionallik kutilmoqda. Taxminlarga koʻra, yangi “ayfon”ning toʻrtta modeli boʻladi:

  1. iPhone 16.
  2. iPhone 16 Plus.
  3. iPhone 16 Pro.
  4. iPhone 16 Pro Max.

Eng oddiy model — bu iPhone 16. U asosiy model boʻlib, ikkita kameraga ega. iPhone 16 Plus asosiy modeldan farqli oʻlaroq, kattaroq ekranga ega. Kameralar soni yana ikkita. Uchta kamera iPhone 16 Proda mavjud, lekin ekrani iPhone 16 Plus-ga qaraganda kichikroq. Eng rivojlangan model — iPhone 16 Pro Max boʻlib, u eng katta ekran va uchta kameraga ega.

iPhone 16 qachon chiqadi?

Apple iPhone 16 taqdimoti 2024-yil 9-sentyabrda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Apple kompaniyasi aynan shu sanada yirik tadbir oʻtkazilishini eʼlon qildi (batafsil maʼlumotlarni biz bu yerda yozgan edik). Ehtimol, aynan shu tadbirda yangi ayfon dunyoga taqdim etiladi.

iPhone 16 qanday koʻrinishda boʻladi?

Yangi tugma, kattaroq ekranlar, yangi displey texnologiyasi, takomillashgan batareyalar va quvvatlash tezligi, yangilangan kameralar, yangi ranglar va boshqalar. Tafsilotlar haqida biz bu yerda yozgan edik.

iPhone 16 qanday rangda boʻladi?

Insayderlarning taʼkidlashicha, iPhone 16 Pro ning yangi rangi pushti yoki koʻk titan boʻladi. Biroq, yaqinda eʼlon qilingan fotosuratlarga koʻra, yangi rang - bronza boʻlishi mumkin.

iPhone 16 xarakteristikasi

  • iPhone 16 xususiyatlari
  • A18 Bionic protsessori tufayli smartfon tezroq ishlaydi, grafikasi yaxshilanadi.
  • Takomillashgan kamera. Nafaqat asosiy, balki old kamera ham yaxshilanishi kutilmoqda.
  • Batareya quvvatining ortishi.
  • 5G va Wi-Fi tarmoqlarida tezroq ishlash.

Akkumulyatorlarning asosiy xususiyatlari

Akkumulyatorlarga kelsak. Insayder maʼlumotlariga koʻra, iPhone 16 batareya quvvati 3349 mA/soat oʻrniga 3561 mA/soat, iPhone 16 Plus batareya quvvati 4383 mA/soat oʻrniga 4006 mA/soat, iPhone 16 Pro batareya quvvati 3274 mA/soat oʻrniga 3355 mA/soat, iPhone 16 Pro Max batareya quvvati 4422 mA/soat oʻrniga 4676 mA/soat boʻladi. Eʼtibor bering, Plus modelining quvvati pasayadi. Shunday boʻlsada, Plus batareyasi Pro batareyasidan yaxshiroq. Ehtimol, Apple Pro Plus modeli boshqalarga nisbatan eng foydali koʻrinishi uchun ataylab shunday qaror qabul qilgan.

Shuningdek, Pro modelida 5 karrali optik zumli kamera boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumotlar ham bor. Bu uzoqdagi obyektlarni yanada sifatli suratga olish imkonini beradi.

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Maxda esa linzalar qoplamasi tufayli yaltirashlar va aks etishlar soni kamayadi — kadrlar yanada tiniq boʻladi.