/
/
Apple iPhone 16 taqdimoti sanasini eʼlon qildi
27.08.2024

Apple iPhone 16 taqdimoti sanasini eʼlon qildi

Barcha toʻrtta iPhone 16 modelida iPhone 15 bilan Pro qatoriga xos boʻlgan Action tugmasi boʻladi. Yangi iPhoneʼlar foto va video olish uchun moʻljallangan yangi sensorli tugmani ham olishi mumkin.

Apple iPhone 16 taqdimoti sanasini eʼlon qildi

Appleʼning navbatdagi taqdimoti 9-sentyabr. Tadbir Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Taqdimot “Itʼs Glowtime” shiori ostida boʻlib oʻtadi.

Taxminlarga koʻra, shu kuni kompaniya iPhone 16 liniyasini taqdim etadi — yangi avlod smartfonlari haqidagi anons har doim kuzning boshida boʻlib oʻtgan.

iPhone 16 va 16 Plus uchun asosiy oʻzgarish orqa tarafdagi vertikal tekislangan kamera tizimiga oʻtish boʻladi. iPhone 16 Pro va 16 Pro Max flagmanlari esa kattaroq ekran va yangi bronza rangga ega boʻlishi mumkin.

Barcha toʻrtta iPhone 16 modelida iPhone 15 bilan Pro qatoriga xos boʻlgan Action tugmasi boʻladi. Yangi iPhoneʼlar foto va video olish uchun moʻljallangan yangi sensorli tugmani ham olishi mumkin, ammo u flagman boʻladimi-yoʻqmi nomaʼlum.

Sunʼiy intellekt va Apple Intelligence xususiyatlari ham tadbirning katta qismi boʻlishi mumkin. Toʻgʻri, kompaniya ushbu texnologiyalarning keng koʻlamli ishga tushirilishini eʼlon qilishi dargumon.