Apple iPhoneʼda NFCʼni uchinchi tomon ishlab chiquvchilari uchun ochadi
Shu orqali iPhone foydalanuvchilari Apple Pay va Apple Walletʼdan tashqari kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. Funksiya iOS 18.1 da debyut qiladi.
Apple uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilariga NFCʼga kirish huquqini beradi, shu orqali iPhone foydalanuvchilari Apple Pay va Apple Walletʼdan tashqari kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin. Funksiya iOS 18.1 da debyut qiladi.
Ushbu chip nafaqat toʻlov uchun, balki avtomobil yoki uy kalitlari, sayohat kartalari, talabalar kartalari va boshqalar oʻrniga ham qoʻllaniladi. Uchinchi tomon xizmatlarida u quvvat tugmasini ikki marta bosish bilan faollashadi. Shundan soʻng tizim sizga kontaktsiz harakatlar uchun dasturni tanlashni taklif qiladi. Ularning har biri keyin standart sifatida oʻrnatilishi mumkin.
Lekin bu xabarda bir jihat ham bor. Kirish uchun ishlab chiquvchilar Apple bilan “tijorat shartnomasi”ni qabul qilishlari va toʻlov toʻlashlari kerak. Uning hajmi hozircha nomaʼlum. Bundan tashqari, ishga tushirilganda u faqat Avstraliya, Braziliya, Kanada, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Buyuk Britaniya va AQSHda ishlaydi. Vaqt oʻtishi bilan ular geografiyani kengaytirishga vaʼda berishadi.