/
/
Apple plastik korpusli arzon smart-soatlar ishlab chiqaradi
08.07.2024

Apple plastik korpusli arzon smart-soatlar ishlab chiqaradi

Texnogigant Apple kompaniyasi tarixdagi Apple Watch SE modelining eng budjetli versiyasi ustida ishlamoqda. Hozirgi modellardan farqli oʻlaroq, yangi versiyaning korpusi plastmassadan tayyorlanadi.

Apple plastik korpusli arzon smart-soatlar ishlab chiqaradi

Hozirda Apple Watch SE 250 dollarga (deyarli 3 million soʻmdan koʻproq) sotilmoqda. Ushbu soatning oxirgi dizayni yangilanishi 2022-yilda boʻlib oʻtgandi, oʻshanda kompaniya qurilmaning orqa qismidagi keramikani neylon kompozit material bilan almashtirgan. Plastik korpusli Apple soatlarining narxi 50 dollarga arzonlashishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Gurmanning taʼkidlashicha, kompaniya qon bosimi va uyqu apnesini aniqlash xususiyatlari ustida ishlashda davom etmoqda. Yuqori qon bosimi yoki gipertenziyani oʻlchaydigan texnologiya sinov paytida yetarlicha ishonchli boʻlib chiqmadi. 

Tibbiy texnologiya kompaniyasi Masimo bilan yoʻqolgan patent bahsi tufayli apneni aniqlash xususiyati umuman paydo boʻlmasligi mumkin. Tez orada Apple Watch SEʼning yangi arzon versiyasi taqdim etilishi kutilmoqda.