/
/
Apple robot qoʻl ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
15.08.2024

Apple robot qoʻl ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Yangi loyiha ustida bir necha yuz kishilik jamoa ishlamoqda. Robot qoʻl videokonferensiya va uy xavfsizlik uskunalarini masofadan boshqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Apple robot qoʻl ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Apple kompaniyasi iPad analogi bilan boshqariladigan robot qoʻlni yaratishni rejalashtirgan. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar bermoqda.

“Apple Inc. Yangi daromad manbalarini izlab, iPadʼga oʻxshash displey va robotli aʼzoni birlashtirgan qimmat ish stoli uy qurilmasini ishlab chiqishda davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Yangi loyiha ustida bir necha yuz kishilik jamoa ishlamoqda. Qurilma aqlli uy boshqaruv markazi ekani aytilmoqda. Bundan tashqari, robot qoʻl videokonferensiya va uy xavfsizlik uskunalarini masofadan boshqarish uchun ishlatilishi mumkin.

Apple shuningdek, Apple Pay va Apple Walletʼdan alohida iPhoneʼning xavfsiz elementi NFC chipini uchinchi tomon kontaktsiz toʻlov ilovalari uchun ochishini eʼlon qildi Ishlab chiquvchilar oʻz ilovalarida kontaktsiz NFC tranzaksiyalarini taklif qilishlari mumkin boʻladi.