Apple Vision Pro jarrohlik amaliyotlari uchun qulay ekani maʼlum boʻldi
Kaliforniya universiteti jarrohlari kam invaziv operatsiyalar uchun Apple Vision Pro aralash reallik shlemini ijobiy baholadi, deb xabar bermoqda Time nashriyoti.
Toping iPhone 16 Proʼni oʻyinga qoʻymoqda! Sizni gʻolibga aylantiradigan oʻyin qoidalari bilan tanishing
Terini minimal shikastlaydigan jarrohlik amaliyotlari paytida jarrohlar kesilgan joyga kichik kamera kiritadi va tasvir tashqi displey oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri Apple Vision Proʼga boshqa muhim maʼlumotlar bilan birga, masalan, bemorning yurak urishi tezligi bilan uzatiladi.
Shuningdek, shifokorlar Apple Vision Proʻning yuqori sifatli OLED displeylari tufayli boshqa AR koʻzoynaklariga qaraganda yaxshiroq mos kelishini taʼkidlamoqda. Hozirgi vaqtga kelib universitet jarrohlari Apple Vision Pro yordamida yigirmaga yaqin jarrohlik amaliyotini oʻtkazdilar va ularning barchasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Qoʻllanish sohasini operatsiya oʻtkaziladigan ichki aʼzolarning hajmli modellarini yaratishga ham kengaytirish mumkin. Bundan tashqari, Apple qurilmasining muhim afzalligi uning narxidir — koʻzoynaklar narxi 3500 dollardan boshlanadi. Bu narx tibbiyot muassasalarida qoʻllaniladigan monitorlarga nisbatan ancha past (oʻn minglab dollar).
Toping Tech Telegram kanaliga obuna boʻling! Texnologiya va ilm-fan dunyosidagi eng soʻnggi qiziqarli yangiliklar.