Apple yangi smartfon — iPhone Airʼni ishlab chiqmoqda
Yangi model asl MacBook Airʼga oʻxshash tarzda sotiladi, bunda asosiy eʼtibor funksionallikka emas, dizaynga qaratiladi.
Apple korpus qalinligi atigi 5 mm boʻlgan yangi iPhone modelini taqdim etishni rejalashtirmoqda. U qalinligi 7,8 dan 8,25 millimetrgacha boʻlgan joriy modellardan sezilarli darajada kichik boʻladi. Insayder Jon Prosserning taʼkidlashicha, yangi model yengil vaznli MacBook Air kabi iPhone Air deb nomlanadi.
Prosserning soʻzlariga koʻra, iPhone 17 Air iPhone 17, 17 Pro, 17 Pro Max va iPhone 17 Airʼni oʻz ichiga olgan yangi avlod smartfonlarining bir qismi boʻladi. Shuningdek, u yangi model iPhone liniyasidagi Plus modeli oʻrnini egallashini taʼkidladi.
Ammo shuni taʼkidlash joizki, iPhone 17 Air Pro modellari kabi kuchli texnik xususiyatlarga ega boʻlmaydi. Smartfon A19 protsessori va bitta orqa kamera linzalari bilan jihozlangan boʻlishi kutilmoqda. Gadjet narxi, Prosserning soʻzlariga koʻra, 900 dollardan boshlanadi (2024-yil 8-avgustdagi kurs boʻyicha taxminan 11,3 million soʻm – Toping.uz).
Insayder, shuningdek, yangi model asl MacBook Airʼga oʻxshash tarzda sotilishini taklif qildi, bunda asosiy eʼtibor funksionallikka emas, dizaynga qaratiladi. Ammo koʻpincha insayderning taxminlari yolgʻon boʻlib chiqadi. Shu tariqa, Apple Insider Prosser oʻz videosida mumkin boʻlgan yangi gadjet haqidagi barcha oldingi hisobotlarni toʻplaganini, faqat u iPhone Air deb nomlanishini qoʻshimcha qilganini taʼkidladi.