/
/
Appleʼning yangi kompyuteri televizor pristavkasi uslubidagi dizaynga ega boʻladi
11.08.2024

Appleʼning yangi kompyuteri televizor pristavkasi uslubidagi dizaynga ega boʻladi

Apple kompaniyasi xususiy M4 chipi asosidagi Mac mini kompyuterining yangi versiyasini chiqarishni rejalashtirmoqda. Yangi mahsulot kompaniya tarixidagi eng ixcham kompyuter boʻladi.

Appleʼning yangi kompyuteri televizor pristavkasi uslubidagi dizaynga ega boʻladi

Yangi Mac mini oldingi modellardan sezilarli farq qiladi va Apple tarixidagi eng kichik shaxsiy kompyuter boʻladi. Qayd etilishicha, Mac mini kompyuterlarining dizayni 2010-yildan beri tubdan oʻzgarmagan. Bu vaqt davomida qurilma tepasida Apple logotipi tushirilgan kichik va past quti boʻlgan.

M4ʼga asoslangan yangi Mac mini Apple TV pristavkalari bilan taqqoslanadigan oʻlchamlarga ega boʻladi, ammo sovutish tizimini joylashtirish uchun korpusi biroz balandroq boʻladi. Taqqoslash uchun, hozirgi avlod Apple TV 31 mm balandlikda, hozirgi Mac mini esa 35,8 mm balandlikda boʻlib, balandlik farqini ahamiyatsiz qiladi. Yangi mahsulot korpusi alyuminiydan tayyorlanadi.

Mish-mishlarga koʻra, Apple kompaniyasining M4 chipiga ega MacBook Pro noutbuklari qatori bir xil dizaynni saqlab qoladi, bu esa Mac minini yangilangan dizaynga ega yagona qurilmaga aylantiradi. Yangi Mac mini taqdimoti joriy yilda boʻlib oʻtishi kutilmoqda, biroq aniq vaqt hozircha oshkor etilmagan.