РУ
O’Z
UZS
/
/
Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Olimpiada chempioni boʻldi
10.08.2024

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Olimpiada chempioni boʻldi

Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Olimpiada chempioni boʻldi

-71 kg vazn toifasidagi sportchimiz final bahsida meksikalik Marko Verdega qarshi bahs olib bordi va barcha raundlarni toʻliq ustunlikda oʻtkazdi. Shu tariqa Oʻzbekiston Olimpiya jamoasi 4-oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bokschi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasi final bahsida meksikalik Marko Verdega qarshi bahs olib bordi. Oʻzbekiston vakili barcha raundlarda yaqqol ustunlik qildi.

Asadxoʻja bunga qadar Omar Elavedi, Nikolay Terteryan va Omari Jons kabi bokschilar bilan kuch sinashib, Olimpiada oʻyinlari finaliga yetib kelgan. Uning raqibi esa yarim finalda Lyuis Richardsonni magʻlub etgan.

2021-yilda Moʻydinxoʻjayev oʻzining birinchi havaskor IBA boks boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etib, dastlabki ikki jangida Yevgeniy Makkever va Ahmed Hararaga qarshi gʻalaba qozongandi va uchinchi jangida yaponiyalik bokschi Sewon Okazawaga yutqazgan.

Ushbu jangni butun Oʻzbekiston tomosha qildi. Ayniqsa, Asadxoʻjaning uyida Rishtonda yuzlab odamlar yigʻilib, sportchiga muxlislik qildi.

Finalda gʻolib nomi eʼlon qilingach, Moʻydinxoʻjayev ota-onasiga bildirgan ishonchi va prezident Shavkat Mirziyoyevga yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorlik bildirdi.

Bokschi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayevning final jangini toʻliq tomosha qiling: