Astrofotograflar tungi osmonda Yupiter va Marsning noyob uchrashuvini suratga oldi
Yupiter Marsdan deyarli 16 baravar yorqinroq edi, ammo bu ularning shou koʻrsatishiga toʻsqinlik qilmadi. Italiyalik astrofizik Janluka Masi ularning yaqindan koʻrinishini namoyish etdi.
Astrograflar Yupiter va Mars oʻrtasidagi noyob uchrashuvni suratga oldi. Gaz giganti va Qizil sayyora oxirgi marta ikki yil oldin yaqinlashgandi.
Kadrlardan biri 14-avgust, chorshanba kuni Buyuk Britaniyaning Glastonberi-Tor shahrida quyosh chiqishidan bir necha soat oldin olingan. Uning diqqatga sazovor joyi tasodifan obyektivga toʻgʻri kelib qolgan Perseid yomgʻiridan tushgan meteorit edi.
“Qisqa vaqt ichida bu ajoyib samoviy tomosha, hatto sehrli boʻldi deyish mumkin. Bu men uchun alohida lahza boʻldi, chunki aynan Yupiter va Mars meni astronomiyaga qiziqtirgan”, — deydi astrofotograf Josh Duri.
Yupiter Marsdan deyarli 16 baravar yorqinroq edi, ammo bu ularning shou koʻrsatishiga toʻsqinlik qilmadi. Italiyalik astrofizik Janluka Masi ularning yaqindan koʻrinishini namoyish etdi.
Quyida ushbu noyob hodisaning yana bir nechta suratlarini koʻrishingiz mumkin.
Yupiter va Marsning navbatdagi yaqinlashuvi faqat 2033-yilda boʻlishi kutilmoqda.