“Avatar 3” rasmiy nomga ega boʻldi
“Avatar 3” — 2025-yilda premyerasi boʻlishi kutilayotgan ilmiy fantastik film. Filmga Jeyms Kemeron rejissyorlik qilgan. Film prikvellari — Avatar (2009) va Avatar 2 (2022) hisoblanadi.
Rejissor Jeyms Kemeron Anaheimdagi D23 konventida nutq soʻzladi va u yerda uchinchi “Avatar 3” filmining rasmiy nomini eʼlon qildi — “Olov va kul”.
Kemeron tomoshabinlarga Pandora dunyosini yangi tomondan ochib berishga vaʼda berdi va trikvel imkon qadar “hissiy” boʻlishini qoʻshimcha qildi. Filmdagi rollarni Sem Uortington, Zoi Saldana, Una Chaplin, Devid Tyulis va Oskar sovrindori Mishel Yeo ijro etadi.
“Avatar” 2009-yilda debyut qilgan va 2,923 milliard dollar bilan tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylangan. “Suv yoʻli” deb nomlangan ikkinchi qism 2022-yilda chiqqan va 2,3 milliard dollar daromad keltirgan. “Olov va kul” 2025-yil 19-dekabrda kinoteatrlarda namoyish etiladi.