РУ
O’Z
UZS
/
/
Avtobus yoʻlaklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
15.10.2024

Avtobus yoʻlaklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi

Avtobus yoʻlaklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi

2 yil oldin hukumat qabul qilgan qarorga qoʻshimcha kiritilib, jamoat transportining alohida tasmasi bor yoʻlidan boshqa transport vositalari harakatlanishi taqiqlandi. Bundan tezkor va maxsus xizmatlarning mashinalari mustasno. Qaror bilan alohida yoʻlakdan yondosh hududga kirib-chiqish qoidalari ham qatʼiy belgilangan.

Toping iPhone 16 Proʼni oʻyinga qoʻymoqda! Sizni gʻolibga aylantiradigan oʻyin qoidalari bilan tanishing

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktyabrda qabul qilgan tegishli qarori bilan 2022-yil 12-aprelda qabul qilingan 172-sonli qarorga qoʻshimcha kiritildi.

Unga koʻra, 172-sonli qarorga yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan yoʻnalishli jamoat transport vositalaridan tashqari boshqa transport vositalarining harakatlanishini taqiqlashga qaratilgan 171 bob bilan qoʻshildi.

Endi yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan yoʻnalishli jamoat transport vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yoʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi. Bu qoida tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Bu yoʻldan harakatlanishi taqiqlangan transportlar yon koʻchalarga kirish yoki undan chiqish uchun kirish-chiqish joyidan 50 metr masofada uzuq-uzuq chiziqli joygacha yoxud yaqin masofadagi uzuq-uzuq chiziqli joygacha ushbu yoʻldan harakatlanishi mumkin.

Bunda transport vositasi mazkur yoʻlakda harakatlanib kelayotgan yoʻnalishli transport vositasi harakatiga toʻsqinlik qilmasligi va unga yoʻl bergandan soʻng yondosh hududga kirish yoki chiqish harakatini amalga oshirishga ruxsat etilgan.

Amaldagi qonunchilikka koʻra, haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yoʻlkalaridan yurgizishi, yoʻl belgilari va yoʻl harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128-moddasi bilan BHMning ikkidan bir qismi, yaʼni 187 500 soʻm miqdorida jarimaga tortiladi.