РУ
O’Z
UZS
/
/
Avtomobillarga ekologik stiker berish bir yilga kechiktirildi
08.07.2024

Avtomobillarga ekologik stiker berish bir yilga kechiktirildi

Avtomobillarga ekologik stiker berish bir yilga kechiktirildi

Hukumat qarori bilan barcha toifadagi avtomototransportlarni ekostikerlash muddati bir yilga uzaytirildi. Avvalroq bu tizim shu yil 1-iyunda boshlanishi belgilangandi.

Oʻzbekistonda “Ekologik transport” tizimini joriy qilish kechiktirildi.

Vazirlar Mahkamasining 3-iyul kungi qarori bilan, tizim 2025-yilning 1-martdan boshlab yoʻlga qoʻyiladi.

Hukumatning avvalroq qabul qilingan qarorida bu muddat 2024-yil 1-iyun deb koʻrsatilgandi.

“Ekologik transport” tizimi doirasida, barcha toifadagi avtomototransport vositalarining atmosfera havosiga zararli taʼsiri boʻyicha normativlarga mosligi nazorat qilinadi.

Transport vositalari ekologiyaga zarari darajasidan kelib chiqib “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga boʻlinadi, xuddi shunday, shaharlardagi hududlar ham uchta toifaga ajratilib, atrof-muhitga zarari yuqori avtomobillarning muayyan zonalarga kirishi cheklanadi.