07.10.2024
Ayrim banklarda dollar kursi 12 835 soʻmgacha belgilandi
Muallif
Mahkamov Humoyun
Aksariyat banklarda sotish kursi 12 835−12 760 soʻmni, xarid narxi esa 12 740−12 715 soʻmni tashkil etmoqda.
Markaziy bankning 7-oktyabr holati boʻyicha bergan maʼlumotida, dollarning soʻmga nisbatan qiymati 12 775,02 soʻm soʻmni tashkil qilmoqda.
AQSH valyutasi 3-oktyabr kuni belgilangan 12 741,02 soʻm qiymatga nisbatan 34 soʻmga qimmatladi.
26-sentyabr kuni “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank” va “Infinbak”da sotish kursi 12 835 soʻmni tashkil etmoqda.
Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 830 soʻmdan 12 760 soʻmgacha belgilandi. Banklarda sotib olish narxi esa 12 740 soʻmdan 12 715 soʻmgacha yetdi.