Balkon, veranda va ayvonni har mavsumga mos keladigan qilib qanday jihozlash mumkin? TOP 15 ta tavsiyalarimiz bilan tanishing
Yoz ayni avjida. Ob-havo ochiq va ajoyib bo‘lganda, issiq va dimiq uylarda o‘tirmasdan, oila a’zolaringiz yoki do‘stlaringiz bilan balkon, ayvon va verandada nonushta qilish yoki kechki dam olish vaqtingizni shinam davrada o‘tkazishingizni tavsiya qilamiz. Ochiq havodagi joyni obodonlashtirish bo‘yicha juda yaxshi maslahatlar tanlovini to‘pladik – ular sizga hozirgi ob-havoda yoki kelajakda albatta foydali bo‘ladi.
Balkonni qanday jihozlash kerak?
Bo‘sh joyni fayzli qilamiz
Kvartira yoki uyning interyeri bilan bir xil uslubda balkonni bezatish juda yaxshi fikr. Bu uncha katta bo‘lmagan hovliga ayniqsa mos keladi. Mehmonxona yoki oshxonangiz dizaynining davomi sifatida balkon yoki verandangizni ham shunga o‘xshash ranglar va materiallar, aksessuarlar bilan jihozlang, shunda ertalabki choy ichish marosimi yanada yoqimli bo‘ladi!
Tabiiy materiallarni tanlaymiz
Tabiiy materiallardan (masalan, yog‘och) tayyorlangan mebel va aksessuarlar doimo trendda bo‘lib, uyni shinam va qulay muhit bilan to‘ldiradi. Bunga endi bir nechta yangi yostiqchalar, adyol va chiroyli o‘simliklarni qo‘shsangiz, balkoningiz jannatmakon joyga aylandi.
Mebelni oqilona tanlang
Balkonni jihozlashda asosiy vazifa – bo‘sh joyni tejashdir. Shuning uchun u yerga faqat kichik bir divan, kushetka yoki bir juft kreslo, shuningdek kichkina stolcha yoki unga alternativa sifatida pufik mos keladi.
Aksessuarlar haqida ham unutmang
Bu yerda tasavvuringizni ishga solib, istagan aksessuarlar –lampa, kashpo, rasmlar bilan bezashingiz mumkin. Faqat yuqori sifatli materiallardan tayyorlangan aksessuarlardan foydalaning! Shunda ular uzoq vaqt davomida xizmat qiladi va ko‘p parvarishni talab qilmaydi.
Yorug‘likni ham unutmang!
Shinam va amaliy dam olish maydonini yaratishda balkonni yoritish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bo‘sh joyni tejash va qorong‘ilikda qolmaslik uchun dizaynerlar ixcham lampalar, devor chiroqlari, shuningdek LED lampalarni tanlashni maslahat beradi. Ular albatta ob-havo sharoitlariga chidamli ekaniga ishonch hosil qiling.
Verandani qanday jihozlash kerak?
Zonalarga bo‘lamiz
Verandani zonalashtirish – interyer dizaynerlarining asosiy “retsept”laridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, u yerda bir nechta mebel to‘plamlari – divan, ovqatlanish yoki kamin zonalarini joylashtirishingiz mumkin. Alohida verandada oshxona yaxshi joylashtiriladi, unda gril yoki shu kabi har qanday oshxona asbob-uskunalarni qo‘yishingiz mumkin.
Ob-havoga qarab mebel tanlaymiz
Veranda yopiq bo‘lsa ham, ochiq havoda mo‘ljallangan mebellarni sotib oling. Uning tarkibi (maxsus yog‘och, plastmassa, metall) tufayli shamol, yomg‘ir va ob-havoning har qanday o‘zgarishlariga chidamli bo‘ladi.
Launch-zonani yaratamiz
Verandaning eng muhim vazifalaridan biri – ochiq mehmonxona yoki launch-zona yaratishdir. Bunga erishish uchun sizga ko‘p narsa talab etilmaydi. Misol uchun, bir nechta (yoki bitta katta) divan-kushetka, kreslolar va kofe stollarini qo‘ying. U yerda butun oilangiz va hatto uy hayvonlaringizga ham joy yetadi.
Ulfatlar uchun ziyofat joyini jihozlaymiz
Verandaning bu qismi alohida yoki launch-zona bilan birlashtirilishi mumkin. Bu ikki joylarni bir xil tekstil (adyol, yostiq, mebel qoplamasi) yoki o‘simliklar yordamida uyg‘unlashtiring. Agar 20 kishilik ulkan ovqatlanish stolini qo‘yishni xohlamasangiz, maxsus g‘ildirakli xizmat ko‘rsatish stolini tayyorlab qo‘ying. Unda barcha kerakli narsalar – tarelka, qoshiq, vilka va stakanlar joylanadi hamda u ko‘p joyni egallamaydi va tezda shkaf ichiga joylanib yashirinadi.
Maxsus matolarni sotib olamiz
Verandada maxsus mato va tekstildan foydalanish oqilona yechimdir. Ular uzoq vaqt davomida quyoshda rangi uchmaydi, shaklini yo‘qotmaydi va umuman olganda namlikka chidamli. Mayda ko‘rinsada, muhim detallarga tejamang.
Ayvonni qanday jihozlash kerak?
Ovqatlanish maydoni yoki mini-bar yaratamiz
Ovqatlanish maydonida ekorotangdan mebel foydalanish ajoyib yechim bo‘ladi. Ushbu material yomg‘ir va issiq idishlardan qo‘rqmaydi, ya’ni u uzoq vaqt davomida xizmat qiladi va bir nechta ziyofatlaringizni o‘tkazib beradi. Agar ayvonchangiz kichkina bo‘lsa, unda kichik javon va to‘qilgan stullar qo‘yilgan mini-bar yaratish variantini ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Aql bilan bezatamiz
Agar ayvoningizda derazalar bo‘lsa, ularga yengil pardalarni osib qo‘yib, birdaniga ikkita foydali ish qilsangiz bo‘ladi, birinchidan ular dekorativ funksiyani bajarib, ayvoningizni bezatib turadi. Ikkinchidan esa amaliy funksiya – hasharotlardan haydab turadi. Ochiq ayvonlarda bezak sifatida shamlardan foydalanish tavsiya etilmaydi – bu olov xavfini tug‘diradi. Ammo hozirda sham ko‘rinishidagi chiroqlar bor, ular ham dekorativ ko‘rinishga ega.
Ayvonni ichkaridan jihozlaymiz
Ayvon ham bayramona bezatilishga arziydigan joy! Uni girlyandalar va rang-barang chiroqlar, gilamlar, gullar solingan vazalar, tirik xonaki o‘simliklar va boshqalar bilan bezashingiz mumkin. Tasavvuringizdan istagancha foydalaning.
Uni noyob va qiziqarli qilamiz
Agar ayvoningiz o‘ralgan bo‘lsa, uni kutubxona yoki bolalar o‘ynash xonasiga aylantirishingiz mumkin. U yerga stol o‘yinlari uchun stol va kitob javonini qo‘yish kifoya. Ishonchimiz komilki, sizga bunday ayvon yoqishi aniq va u butun oila a’zolaringiz bilan miriqib vaqt o‘tkazadigan joylardan biri bo‘lishini kafolatlaymiz.
Ayvonni “ayvonbop” detallar bilan to‘ldiramiz
Shinam va mehmondo‘stlik muhitini yaratish uchun ayvonning rangiga mos idishlarni tanlang. “Ayvonbop” chashkalar, tarelkalar, grafinlar – istang rang-barang, bosiq rangli, baza rangli, yoki ehtimol vintaj uslublidir? Bunday dizayn bilan uyingizga mehmonlar yana va yana kelishni istaydi.