Balkonni qanday jihozlashni bilmaysizmi? E’tiboringizga 10 ta g‘oya va havolalar to‘plamini taqdim etamiz
Balkonni yaxshi jihozlash va o‘z qo‘llaringiz bilan “sehr” yaratishning vaqti keldi: unutilgan omborni – haqiqiy dam olish, chaqaloq uchun o‘yin xonasi, bog‘ yoki mini-polizga aylantiring. Biz buni asta-sekin qanday qilishni va balkonni tartibga solish bo‘yicha eng qiziqarli g‘oyalar bilan bo‘lishamiz.
Joyni tejaymiz
Agar balkoningiz kichik bo‘lsa, unda birinchi vazifangiz joyni tejash bo‘ladi. Kislorodni to‘sadigan va tartibsizlik hissini uyg‘otadigan shkaf, javon va boshqa katta hajmli tuzilmalar bo‘lmaydi. Ammo balkonda saqlash tizimiga juda muhtoj bo‘lsangiz, unda osilgan javonlar sizga qo‘l keladi.
Ilgichlardan foydalanamiz
Saqlash uchun yana bir foydali usul – bu ilgaklar. Ularga velosiped, bolaning roliklari yoki shkafga sig‘maydigan paltoni osib qo‘yishingiz mumkin. Ammo bunda ham oshirib yubormaslik kerak – esda tuting, bu balkon, garderob emas.
Ovqatlanish maydoni
Ochiq havoda nonushta/tushlik yoki kechki ovqatlanish – har doim yaxshi fikr ekanini tan oling. Bunga erishish uchun balkoningizga ovqatlanish uchun kichkina va yengil stol, bir nechta stullarni qo‘ying – qarabsizki, shaxsiy restoraningiz tayyor! Agar balkonda ko‘proq boʻsh joy bo‘lishini istasangiz, stolni to‘g‘ri devorga mahkamlang, shunda u kamroq joy egallaydi.
Ijodiy ustaxona
Agar siz ijodiy odam bo‘lsangiz yoki bolangizdagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun nimadirlar yasash yoki chizish bilan birgalikda ko‘p shug‘ullansangiz, balkonni maxsus ijodiy ustaxonaga aylantirishga nima deysiz? U yerda tayyor ishlar uchun javon, duradgorlik stoli yoki dastgohni osib qo‘yishingiz mumkin. Aytgancha, o‘zingiz yoki farzandingiz chizgan rasmlar balkon devorida yanada ajoyib ko‘rinadi.
Original yondashuv
Agar tor fikrlashni yoqtirmasangiz va balkondan original xona qilishni xohlasangiz, balkonda meditatsiya xonasini tashkil qiling. Bu darhol lotos holatida o‘tirishingiz kerak degani emas. Bu yerda siz ruhan va tanangiz bilan dam olasiz, o‘qiysiz, orzu qilasiz va gaplashasiz (bu ham meditasiyaga kiradi). Buning uchun faqat dekorativ yostiqchalar, choy marosimi uchun choy to‘plami va padnos hamda polda yoqimli qoplama kerak bo‘ladi.
Hammasi bolalar uchun
Balkoningiz shishalik bo‘lsa, uni nafaqat qulay va amaliy, balki qiziqarli qilish haqida o‘ylashingiz kerak. Matras, o‘yinchoq, hatto belanchak bilan bezatilgan balkon – chaqalog‘ingiz uchun ajoyib o‘yin maydoni bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, belanchakning mustahkamligi, shuningdek quyoshda rangi uchib ketmasligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
Ko‘pchilik qo‘llaydigan ombor usuli
Balkonni “ombor” sifatida narsalarni saqlash uchun ishlatishingiz kerak bo‘lsa, lekin shu bilan birga “dam olish maskani” g‘oyasidan voz kechishni istamasangiz, yog‘ochli o‘rindiq-sandiq yoki tortmalardan foydalanishingizni taklif qilamiz. Uning ichida turli xil narsalarni saqlashingiz mumkin, bu sizga bir amal bilan ikkita – dam olish maskani va ombor kabi o‘zingizga foydali maskan yaratish imkonini beradi.
Rang sehri
Dizaynerlar rang sirlari va balkon uchun noyob imkoniyatlarini ochib berishmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, kichik joylar uchun oq rangining “sehri” deb ataladigan sir bor ekan. Uning yordami bilan balkonning “chegaralarini” kengaytirish mumkin ekan, shuning uchun jihozlash jarayonida oq rangli tekstil va och rangli yog‘ochni tanlang.
Jannat bog‘i
Balkonni nafaqat gullar yetishtiradigan, balki qalb yayraydigan joyga aylantiramiz. Buning uchun balkonga stul qo‘yib, chiroqlarni osib qo‘ying va ta’mirlash ishlaridan qolgan yog‘och taxtalarni gullar uchun javonga aylantiring. Shundan so‘ng balkoningiz atrofdagi eng chiroyli maskan bo‘lib, yam-yashil rangda gullab-yashnashiga ishonavering.
Mini-poliz
Balkonlarda sabzavotli mini-polizlar yaratish butun dunyo bo‘ylab trendga aylanmoqda va bu juda quvonarli. Rayhon, ko‘katlar va hatto limon: har bir uy bekasi o‘z hohishi bilan istagan ekinlarini ekishi mumkin. Agar mini-polizingizni go‘zal makonga aylantirishni xohlasangiz, unda yashiklar va konteynerlar olib, o‘z ekinlaringizni chiroyli qilib yetishtirishingiz mumkin.