Belarus oʻzining YouTube muqobilini taqdim etdi
Prezident administratsiyasi rahbarining oʻrinbosariga koʻra, hozircha ancha kuchsiz boʻlgan ushbu platforma Belarus YouTubeʻini yaratishdagi birinchi qadam hisoblanadi.
Belarus hukumati mamlakatda YouTube videoxostingining muqobili ishga tushirilganini maʼlum qildi, deb xabar beradi prezident administratsiyasi boshligʻi oʻrinbosari Vladimir Persev.
“Videobel.by videoxostingi bu bizning birinchi OTT-platformamiz boʻlib, u yerga dasturlar va turli ruknlar, hatto videokontent yaratuvchilarning efirga ketmaydigan materiallari ham joylashtiriladi. Bu ancha kuchsiz muqobil boʻlishi mumkin, ammo Belarus YouTubeʻini yaratishdagi birinchi qadamdir”, — deydi Persev.
Bu haqda u prezident Aleksandr Lukashenkoga bergan hisobotida aytib oʻtgan. Uning soʻzlariga koʻra, loyiha 12-sentyabr kuni ishga tushiriladi.
Bunga qadar Rossiyada toʻrtta mahalliy videoxosting — RuTube, “VK”, Nuum va “Platforma” ishga tushirilgan edi. RF Davlat dumasining Axborot siyosati boʻyicha qoʻmitasi aʼzosi Anton Gorelkinga koʻra, ularning hech biri YouTubeʻga sezilarli raqobat tugʻdira olmagan.