Berlinda 17-asrda yasalgan samuraylar qilichi topildi
Berlindagi (Germaniya) qazishma ishlari davomida arxeologlar haqiqiy samuray qilichini topdi. U 17-asrda feodal Yaponiyadan olib kelingan vakidzasi (kalta qilich) ekani aniqlangan.
Bu yaqin jangda zaxira yoki yordamchi qurol sifatida ishlatilgan qisqa pichoq. U koʻpincha hara-kiri — samurayning oʻz joniga qasd qilish marosimida shaxsiy sharmandalikdan qutilish yoki qoʻlga tushishning oldini olish uchun ishlatilgan.
Oʻsha paytlar ular yapon askarlarining jangovar texnikasining ajralmas qismi boʻlgan va hozirda mamlakat madaniyati va tarixining muhim qismi hisoblanadi.
Qilich 20-asr binosining yertoʻlasida olib borilgan qazishmalar paytida topilgan. U Ikkinchi jahon urushidan oldin uylar bilan zich qurilgan tor koʻchada joylashgan. “Tartibsiz xona”da shuningdek, jilovlar, uzangilar, jabduqlar va turli artilleriya aksessuarlari topilgan.
Asosiy topilmani sinchiklab oʻrganib chiqqandan soʻng mutaxassislar qattiq zanglagan tutqichda yogʻoch va toʻqimachilik oʻramlari izlari saqlanib qolganini payqashdi. Qilich uchida Daikokuten motifini koʻrish mumkin, u yapon mifologiyasidagi yetti omad xudolaridan biri hisoblanadi.