/
/
Binance Hamster Kombat listingi uchun maslahat berdi
13.08.2024

Binance Hamster Kombat listingi uchun maslahat berdi

Dunyodagi eng yirik kriptobirja hisoblanuvchi Binance Hamster Kombat tokenini savdo platformasiga joylashtirish uchun bir qancha tavsiyalar berdi. Yangi kriptovalyuta Binance birjasiga qoʻshiladigan boʻlsa, uning aktivlari narxi bir necha barobarga oshishi mumkin.

Binance Hamster Kombat listingi uchun maslahat berdi

Hamster Kombat tokenlarining 60 foizini oʻyinchilarga tarqatishini, qolgan 40 foiz esa loyihani rivojlantirish va hamkorlar jalb qilish uchun kompaniya hisobida qolishini maʼlum qilgandi.

Dunyodagi eng yirik kriptobirja Binance Hamster Kombat (HMSTR) tokenini joylashtirish masalasiga ishora qilib, bu borada bir qancha tavsiyalar berdi. Unda spot treyding haqida batafsil maʼlumot berilgan.

Birja xabariga koʻra, kompaniya rasman ishga tushirilgandan soʻng savdo uchun raqamli aktiv roʻyxatga olinishi rejalashtirilmoqda. Hamster jamoasi tokenlar 2024-yil iyul oyida chiqarilishini maʼlum qilgandi, ammo texnik muammolar sabab bu kechiktirilgan.

Avvalgi listinglar va Binance birjasiga kirish

Telegramʼdagi bosuvchi oʻyin Hamster Kombat hozirga qadar KuCoin, Bybit, OKX va Gate.io kabi kichik hamda oʻrta kriptobirjalarga joylashtirildi. Binanceʼdagi potensial listing kompaniya aktivlarini bir necha barobarga oshirishi mumkin. Chunki ushbu kriptobirjada 200 milliondan ortiq foydalanuvchi bor.

Bu haqda Binance birjasining CoinMarketCap loyihasida aytib oʻtilgan. Ushbu roʻyxat oʻyin ishlab chiquvchilari tomonidan iyul oyida ishga tushirish uchun qilingan tayyorgarlikning bir qismi edi. Iyul oyi loyihaga katta hissa qoʻshgan foydalanuvchilarga tokenni airdrop orqali tarqatilishi kutilgandi.

Hamster Kombat oʻyinining mashhurligi

Hamster Kombatʼda oʻyinchilar xayoliy kriptovalyuta almashinuvini bosish va boshqarish kabi faoliyat bilan shugʻullanib, oʻyin valyutasini olishi mumkin. Oʻyin turli xil xususiyatlarni taklif etadi, jumladan, ogʻmaxon qahramonlarini yangilash, kundalik vazifalarni bajarish va mukofotlarni yutib olish uchun maxsus topshiriqlarni bajarish mumkin.

Bundan tashqari, Hamster Kombat blokcheyn va kriptovalyutalar boʻyicha taʼlim mazmunini taqdim etadi, bu esa oʻyinchilar uchun nafaqat qiziqarli boʻladi, balki maʼlumot beradi. Oʻyin boʻlajak airdrop va tokenni ishga tushirishga tayyorlanar ekan, oʻyinchilarga kundalik vazifalar berib, ularning tangalarini yanada koʻpaytirishga ham harakat qilmoqda.