РУ
O’Z
UZS
/
/
Bir kecha qamoqda tunab ko‘rishni istaysizmi? Dunyodagi eng g‘ayrioddiy 10 ta mehmonxona
26.06.2024

Bir kecha qamoqda tunab ko‘rishni istaysizmi? Dunyodagi eng g‘ayrioddiy 10 ta mehmonxona

Bir kecha qamoqda tunab ko‘rishni istaysizmi? Dunyodagi eng g‘ayrioddiy 10 ta mehmonxona

Mehmonxonada bir kecha tunashning o‘zi eng unutilmas hodisalardan biri bo‘lishi mumkin. Yerdan bir necha metr balandlikda o‘rnatilgan oynali kub, shaxsan Benksi tomonidan loyihalashtirilgan xona yoki eskimoslarning uychalarida uyg‘onish qanchalik hayajonli ekanini bir tasavvur qilib ko‘ring-a! Hatto eng ashaddiy sayohatchilarni ham hayratda qoldira oladigan dunyodagi eng g‘ayrioddiy mehmonxonalar ro‘yxatini e’tiboringizga taqdim etamiz. 

Kranli mehmonxona: “THEKRANE” – Daniya, Kopengagen

Haqiqiy yuk kranidagi mehmonxona “THEKRANE” dengiz kasalligidan aziyat chekayotgan va atayin paroxod-kemalardan o‘zini olib qochadigan, ammo hech bo’lmaganda yashirincha dengiz safariga borishni orzu qiladiganlar uchun ajoyib variantdir. Mehmonxona Kopengagen portida joylashgan bo‘lib, eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan va minimalistik moda uslubida bezatilgan, shuning uchun uning narxi ham shunga yarasha bo‘ladi.

 Kranda bir kecha tunash narxi 550 yevrodan boshlanadi, qolgani esa tanlovingizdan kelib chiqib qo‘shiladi. U yerda shaxsiy konsyerj yollashdan majlislar xonasini buyurtma qilish kabi xizmatlardan foydalanish mumkin. Shu bilan birgalikda, u yerda SPA zona, jakuzi, bir nechta terassalar, Wi-Fi va Apple TV ham mavjud. Nonushta talablarga binoan tortiladi. 

Sobiq qamoqxonadagi mehmonxona: “HET ARRESTHUIS” – Gollandiya, Rudmond

Gollandiyaliklar – hamma original narsalarning muxlisi ekanini 1863-yilda sobiq qamoqxona binosida ochilgan mehmonxona tasdiqlaydi. Mehmonxona yaratuvchilari haqiqatni yashirmadi va “Uy qamog‘i” mehmonxonasi sayyohlar uchun o‘ziga xos vaqtinchalik uyga aylandi. Buning sababi esa, bu yerda etni jimirlatadigan atmosferani his qilish, 200 kishi uchun ziyofat uyushtirish, oliy darajali restoranda ovqatlanish, sport zaliga borish va boshqa shu kabi qiziqarli mashg‘ulotlarni bajarishingiz mumkin. Xonalarning narxi ham xilma-xilligi bilan ajablantiradi: “Sudya” xonasidan “Turma nazoratchisi” xonasiga qadar bo‘lgan xonalar mavjud bo‘lib, narxlar 130 yevrodan boshlanadi.

NUO apartamentlari va shaxsiy qush uyalari: “Treehotel” – Shvetsiya, Xarads

Yana bir ajoyib mehmonxona Xarads kurortining o‘rmon chakalakzorida joylashgan. Undagi har bir xona – san’atning alohida ko‘rinishi bo‘lib, mualliflik dizayni va arxitekturasi bilan ajralib turadi. Sayohatchilarga oynali kub, NUO apartamenti yoki qush uyasida (1200 yevro to‘lashga tayyor turing) tunash taklif etiladi. Xonalar kichkina katakchalarni eslatadi, hammom esa alohida binoda joylashgan. 

Ammo hatto bu noqulayliklar ham derazalardan ko‘rinib turadigan odam qo‘li yetmagan go‘zal shimoliy tabiat manzaralari uchun katta talabga ega. Ammo bu hali hammasi emas: alohida haq evaziga ana shu go‘zal manzara bo‘ylab safar (poxod)ga borishingiz yoki milliy shved oshxonasini tatib ko‘rishingiz mumkin. 

Shishali kulba: “Kakslauttanen” – Finlyandiya, Saariselkya

Santa Klausning vatani Laplandiya shahrida joylashgan oilaviy mehmonxona turli turar joy xizmatlarini taklif etadi. Ammo eng mashhuri, sayyohlarga Eskimoslar chaylasining g‘ayrioddiy versiyasi – shishali igluda qolish yoqadi, chunki undan haqiqiy Shimoliy yog‘duni tomosha qilishingiz mumkin. Zamonaviy iglular mustahkam shishadan tayyorlangan, ularning har birida katta karavot va hammom mavjud. Bu maxsus isitiladigan iglularda to‘liq Shimoliy yog‘du mavsumi davomida (avgustdan aprelgacha) kuniga 450 yevrodan to‘lab qolishingiz mumkin. 

Benksi mehmonxonasi: “The Walled Off Hotel” – Falastin, Vifleyem

Mehmonxona nafaqat o‘zining yaratuvchisi – ko‘cha rassomi Benksining mashhur nomi, g‘alati joylashuvi (u Falastin va Isroilning jang chegarasida joylashgan), balki turli xil izohlari bilan ham e’tiborni tortadi. Hatto eng g‘ayrioddiy dam olish tarafdorlari ham uni dunyodagi “eng yomon” ko‘rinishga ega mehmonxona deb atashadi. Ushbu mehmonxonada atigi 10 ta zindonga o‘xshaydigan xonalar mavjud. Undagi yagona quvonchli va kelishga undaydigan narsa bu kamdan-kam uchratish mumkin bo‘lgan Benksining ijodi asarlari muzeyi bo‘lib, u mehmonxonaning bir qavatida yoki san’atkorning siyosat mavzusidagi boshqa san’at bayonotida joylashgan. 

Aqldan ozgan uy: “Hang Nga Guesthouse” – Vyetnam, Dalat

Mehmonxona o‘zining surrealistik dizayni, shaxsiy san’at maydoni, shuningdek, yaratuvchining obro‘si tufayli aqldan ozgan unvonga erishdi. Arxitektor Dang Vyet qilgan barcha ishlari buyuk Gaudi (ammo Vyetnam usulida o‘zgartirilgan) ijodini sevganligi uchun bajarilganligini hech qachon yashirmagan. Mehmonxonaning o‘ziga kelsak, u to‘g‘ri chiziqlar va burchaklar yo‘qligi bilan boshqalardan farq qiladi: derazalar, devorlar, zinapoyalar bir-biriga qo‘shilib, dekorativ qo‘ziqorinlar bilan daraxt, hayvon va o‘simliklar shaklida “g‘alati narsa”ni hosil qiladi. Mehmonxonaning yoqimli jihati esa eng qimmat xonaning narxi 100 yevrodan oshmaydi. 

Konteyner mehmonxonasi: “Quadrum” – Gruziya, Yuqori Gudauri

Gruziya tog‘larining taxminan ikki ming metr balandligida (u yerda chang‘i kurorti bor) kema konteynerlaridan yasalgan butik mehmonxona mavjud. Tbilisidan mashinada ikki soatlik yo‘l yursangiz o‘zingizni boshqa dunyoda kabi his qilasiz. Arxitektorlar qurilish paytida iloji boricha eko-tizimga zarar yetkazmaslik uchun hamma narsani qilishdi, shuning uchun ham mehmonxona tabiiy landshaft bilan uyg‘unlashib, tog‘lardan pastga kaskad kabi oqayotgandek tuyuladi. Terassalardan Kavkaz tog‘larining ajoyib manzaralarini ko‘rinadi. Mehmonxonada istagan turdagi va byudjetingizga mos xonalar va jihozlangan liftlar mavjud. Standart xonada tunash 70 yevrodan boshlanadi. 

Ukki uyasi: “Les Guetteurs” – Fransiya, Bordo

Aslida mehmonxona emas, balki Bordoning janubiy hududida joylashgan yog‘och, mehmon uychalari to‘plami. Har biri chiroyli o‘rmon ukkisiga o‘xshaydi, ammo bu turdagi turar joyning asosiy xususiyati shundaki, siz bu yerda mutlaqo bepul qolishingiz mumkin. Ushbu uychalar sayyohlar va fransuzlarni megapolislardan chiqib, tabiat qo’ynida vaqt o‘tkazishga undash uchun qurilgan.

Fanerdan tayyorlangan uylar uch qavatdan iborat. Ichkarida karavotlar bor va derazadan Fransiyaning chiroyli manzaralarini ko‘rishingiz mumkin. Yuqori darajadagi qulaylik emas, ammo juda g‘ayrioddiy ko‘rinish. Uychalarda faqat issiq mavsumda qolishingiz mumkin, lekin avval saytda bo‘sh joylar mavjud sanalar taqvimini tekshirishni unutmang. 

Pufakli uy: “Finn Lough” – Irlandiya

Irlandiya o‘rmoni bo‘ylab pufakli uylar to‘plami joylashgan. Har bir shaffof uyning ichidan turib atrofdagi tabiat – o‘rmon go‘zalligi, daryo qirg‘og‘i, shuningdek, boshingiz tepasida yulduzli cheksiz osmonni ko‘rishingiz mumkin. Mehmonlarga shinam va lyuks turar joylar taklif etiladi. G‘ayrioddiy xonalarda irlandiyalik dizaynerlarning mebellari, ba’zilarida hammom va qahva mashinalari mavjud. Narxga to‘yimli nonushta ham kiritilgan. Pufakchali uyda bir kecha tunash 295 yevrodan boshlanadi, lekin agar nonushtadan tashqari yana ko‘proq narsani istasangiz ko‘proq to‘lashga tayyor turing.

Suv quvurlarida narxsiz mehmonxona: “Das Park Hotel” – Avstriya, Ottensheim

Ekzotik dam olishni sevuvchilarga manzur bo‘ladigan yana bir g‘ayrioddiy mehmonxona Avstriyaning chekka joylarida joylashgan. U kvartiralarga aylantirilgan uchta alohida suv quvurlari segmentidan iborat. Unda tunashni istaganlar veb-saytda kvartirada joy band qiladi, shundan so‘ng ular eshik shaxsiy kodini oladi. Ichkarida oddiy qulayliklar: toza yotoq to‘shaklari, rozetka, stol lampasi, shuningdek aqlli konditsioner tizimi mavjud. Shu bilan qulayliklar tugaydi: na hojatxona, na vodoprovod suvi bor, ammo yaratuvchilar hech tortinmay, atrof-muhitning afzalliklaridan foydalanishni taklif qiladi. Bunday g‘ayrioddiy joyda bir kecha tunash uchun qancha pul to‘lash har kimning o‘ziga bog‘liq, “xona” uchun maxsus belgilangan narx yo‘q.