РУ
O’Z
UZS
/
/
Birinchi marta bemorga titan yurak oʻrnatildi
29.07.2024

Birinchi marta bemorga titan yurak oʻrnatildi

Birinchi marta bemorga titan yurak oʻrnatildi

Texas yurak instituti va BiVACOR tibbiy uskunalar kompaniyasi olimlari dunyoda birinchi boʻlib bemor tanasiga titan yurak oʻrnatdi. Pilot loyihada besh nafar bemor qatnashgan, hozircha ularning bittasida ijobiy natijalar kuzatilgan.

Qurilma bitta harakatlanuvchi qismga ega titandan ishlangan biventrikulyar qon nasosidan iborat. U qon aylanishini taʼminlash va yurak qorinchalarini harakatlantirish uchun magnit levitatsiya rotoridan foydalanadi. Titan yurakning hajmi juda kuch, ammo u jismoniy faol boʻlgan katta yoshdagi erkakning qon aylanish tizimini boshqara oladi.

Titan yurak transplantatsiyasi toʻqimalarning shikastlanishi tufayli kasal boʻlgan va mos donor topa olmayotganlar uchun hayotni asrab qoluvchi koʻprikka aylanishi kutilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, loyiha ishga tushgach AQSHning oʻzida 100 mingdan ortiq odamga titan yurak oʻrnatilishi mumkin.

Birinchi muvaffaqiyatli operatsiya AQSHda oʻtkazildi va hozirda olimlar yana toʻrt nafar bemorda transplantatsiya qilishni rejalashtirmoqda. Pilot klinik tadqiqotlar uzoq muddatli samaradorlik va xavfsizlikni baholashga qaratilgan. Natijalar odam donorni kutayotganda titan yurakdan qancha vaqt foydalanishi mumkinligini taxmin qilishga yordam beradi.

Hozirda inson donor yuragiga muqobil sifatida GMO choʻchqasidan yurak transplantatsiyasi koʻrib chiqilmoqda. Qoʻshma Shtatlarda allaqachon ikkita yurak ksenotransplantatsiyasi oʻtkazilgan, ammo ikkala holatda ham bemorlar transplantatsiyadan bir necha hafta oʻtgach vafot etgan.