/
/
“Bizning oxirgimiz” seriali ikkinchi mavsumi tizeri paydo boʻldi
05.08.2024

“Bizning oxirgimiz” seriali ikkinchi mavsumi tizeri paydo boʻldi

Ikkinchi mavsumda Jeffri Rayt, Keytlin Dever, Izabella Mersed va Ketrin O’Xara rol oʻynagan. Serial premyerasi 2025-yilda boʻlib oʻtishi kutilmoqda. 

“Bizning oxirgimiz” seriali ikkinchi mavsumi tizeri paydo boʻldi

Internetda HBO telekanalining 2024/25 yilda namoyish etiladigan seriallaridan lavhalar aks etgan video paydo boʻldi. Unga “Bizning oxirgimiz”ning ikkinchi faslidan epizodlar ham kiritilgan.

Serial Naughty Dog studiyasining 2013-yildagi xuddi shu nomdagi video oʻyiniga asoslangan. Voqealar qiyomatdan keyingi AQSHda boʻlib oʻtadi: kontrabandachi Joel (Pedro Paskal) va Elli (Bella Remzi) halokatli virusga qarshi vositani topishga harakat qilmoqda.

Ikkinchi mavsumda shuningdek, Jeffri Rayt, Keytlin Dever, Izabella Mersed va Ketrin O’Xara rol oʻynagan. Serial premyerasi 2025-yilda boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Videoda, shuningdek, “Oq nilufar”, “Derriga xush kelibsiz”, “Yetti qirollik ritsari” va boshqalar seriallaridan kadrlarni koʻrish mumkin.