Aloqada bo‘ling

Bloger Maryam Tillayeva onasi bilan janjal sababini ma’lum qildi

Bloger Maryam Tillayeva onasi bilan janjal sababini ma’lum qildi

Mashhur bloger va O‘zbekistonning birinchi prezidenti nabirasi Maryam Tillayeva Instagramdagi muxlislari bilan onasi bilan bo‘lgan nizo tafsilotlarini baham ko‘rdi.

Maryam onasi bilan besh yildan buyon gaplashmasligini ma’lum qilgandi. Shunday bo‘lsa-da, u onasining hayotida nima bo‘layotganini ichki sezgi bilan his qilishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, vaqt o‘tishi bilan ular o‘rtasida ko‘plab xafagarchiliklar to‘planib qolgan, bu esa ularni bir-biridan yanada uzoqlashtirmoqda.

Blogerning fikricha, onasi o‘zidan qochib, e’tibor izlamoqda. Shuningdek, u onasi bilan munosabatlarida nosog‘lom raqobatni his qilayotganini ta’kidladi. Maryam buni bema’nilik deb atadi, chunki ular raqib bo‘la olmasligini aytdi. “U meni dunyoga keltirgan va shunga ko‘ra, men uning raqibi bo‘la olmayman, chunki men 50 foiz u va 50 foiz otamman”, deya yozdi u.

Tillayeva o‘z oilasi tarixining murakkabligini ta’kidlab, buvisi va boshqa qarindoshlariga hurmat yuzasidan gapira olmaydigan ko‘p jihatlar borligini aytdi. U onasini tobora kamroq tushunayotgani sababli qachon yarashishini ham bilmasligini qo‘shimcha qildi.