18.09.2025
Bloger Maryam Tillayeva onasi bilan muloqot qilmasligini aytdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Taniqli bloger, O‘zbekiston birinchi prezidentining nabirasi Maryam Tillayeva onasi bilan munosabatlarini ochiq tan oldi. U Instagram'dagi obunachilarining savollariga javoban u bilan aloqada emasligini ma’lum qildi.
“Yo‘q, men u bilan gaplashmayman. U men aloqa qilmaydigan yagona qarindoshim”, — deb tan oldi Maryam.
“Uning xatti-harakatlari menga juda g‘alati tuyuladi: u har doim yaxshi ko‘rinishni istaydi va qurbon rolini o‘ynaydi, ammo O‘zbekistonda bo‘lganida onasini hech qachon ko‘rmagan va o‘zini juda g‘alati tutadi.
Bir paytlar juda qiynalganman, lekin hozir ko‘nikib, shunday onam borligini shunchaki qabul qildim. Ukam va singlimga achinaman”.