РУ
O’Z
UZS
/
/
Bloger Nigina mashinadagi xavfli harakatlari uchun jarimaga tortildi
28.09.2024

Bloger Nigina mashinadagi xavfli harakatlari uchun jarimaga tortildi

Bloger Nigina mashinadagi xavfli harakatlari uchun jarimaga tortildi

Toshkentda bloger Nigina Meliqoʻziyeva yoʻlda mashinasida “shashka oʻyini” qilgani uchun javobgarlikka tortildi. U bilan profilaktik suhbat ham oʻtkazildi. Bloger bunday haydashini “azartda boʻlgani” bilan izohladi, shuningdek, yurtdoshlari va obunachilaridan “uzr soʻradi”.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda bloger Nigina Meliqoʻziyevaning Lacetti avtomashinacida yuqori tezlikda ketayotib, yoʻl tor va tirband boʻlishiga qaramay bir nechta qatnov chiziqlari boʻylab xavfli harakatlar amalga oshirgani aks etgan videosi tarqaldi.

Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi “oʻzi va oʻzgalarning hayotini xavf ostiga qoʻyib, harakat davomida keskin manyovrlar va avariyaviy xavfli holat qilib harakatlangan” 21 yoshli qizga nisbatan chora koʻrilganini maʼlum qildi.

Unga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 128−5-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi / BHMning 10 baravari — 3,4 mln soʻm miqdorida jarima) bilan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Boshqarma binosidagi videoda undan shunday haydash orqali nimaga erishmoqchi ekanligi soʻraladi. “Hech nimaga erishmadim, shunchaki, «azart”im bor edi, haydadim-da, nima deysiz endi. Uzr, boshqa qilmayman. Juda qattiq oʻzgardim, qattiq pushaymondaman, boshqa qilmayman», — dedi u.

Bloger oʻzi yozib olgan boshqa videoda esa u YPX xodimiga murojaat qilgani koʻrinadi. “2003-yilda tugʻilganman, men sizni eshitaman, akajon, yana nima gapingiz bor? Ha, chora koʻrildi. Necha barobar edi jarima? 10 baravar. Xoʻp, eshityapman!”, — deya gapirgan u.