/
/
Bobur Omonov Paralimpiya chempionligini qoʻlga kiritdi
02.09.2024

Bobur Omonov Paralimpiya chempionligini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Bobur Omonov ikkinchi urinishda 14,32  metr natija qayd etib Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatgan edi.

Bobur Omonov Paralimpiya chempionligini qoʻlga kiritdi

Fransiyaning Parij shahrida Paralimpiya bahslarining para yengil atletika sport turi boʻyicha bahslar boʻlib oʻtmoqda.

Para-yengil atletikaning F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzosi Bobur Omonov ikkinchi urinishda 14,32  metr natija qayd etib Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatgan edi.

Uning eng yaqin taʼqibchisi germaniyalik Kappel 13,74 metr natija qayd etdi. Shu tariqa oʻzbekistonlik sportchi ikkinchi bor Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot uchun, Bobur Omonov Tokio Olimpiadasi gʻolibi boʻlgan. 2022-yili Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtgan IV Paraosiyo oʻyinlarida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Shu tariqa Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 14 taga yetdi (6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza).