РУ
O’Z
UZS
/
/
Bog‘da o‘z qo‘limiz bilan original gulzor yaratish bo‘yicha 10 ta g‘oya
29.06.2024

Bog‘da o‘z qo‘limiz bilan original gulzor yaratish bo‘yicha 10 ta g‘oya

Bog‘da o‘z qo‘limiz bilan original gulzor yaratish bo‘yicha 10 ta g‘oya
Muallif
Leyla Li

Bog‘ hovlisini yoqimli va shinam joyga aylantirish uchun ko‘p va yangi narsalar kerak bo‘lmaydi. Buning uchun turli yog‘ochlar, toshlar, sug‘orish idishlari, eski mebellar, ko‘zalar – qisqasi, qo‘l ostidagi barcha narsalar kerak. Sizga hayolingizga kelmagan narsalar bilan, minimum pul, harakat va vaqt sarflagan holda eksklyuziv gulzor yaratish bo‘yicha tavsiyalar beramiz.

1. Uchastkangizda to‘nka bo‘lsa, undan ajoyib shakldagi gulzorcha yasash mumkin      

Bir oz harakat bilan – go‘zallik yaraladi. 

Sukkulentlar  yordamida ana shunday monoklumbalarni yaratish oddiy va shu bilan birga bog‘ingizga zamonaviy ko‘rinish bag‘ishlaydi. 

Agar ijodkor odam bo‘lsangiz, yog‘ochga qiziqarli va nafis suratlarni o‘yib, oddiy to‘nkani san’at asariga aylantirish mumkin. 

2. Eski yog‘ochli qoziqchalardan to‘siqlar yarating 

Eski yog‘och qoziqchalarni ustini randalash, bo‘yash yoki yana nimalardir qilib yaxshilash shart emas. Vaqt o‘tishi bilan eskirgan ko‘rinishning ham o‘ziga yarasha jozibasi bor, shuning uchun ularni yerga qazib qo‘yib, klumbalar uchun chiroyli to‘siq yaratsa bo‘ladil. 

3. Taxtalar – bogni bezashda istalgan shakl yaratish mumkin bolgan kerakli element. 

 Eng oddiy g‘oyadan eng murakkabgacha.

Bu borada asosiysi, yog‘och uzoq vaqt xizmat qilishi uchun uni maxsus suv o‘tkazmaydigan modda bilan oldindan ishlov berish kerak. Shundan so‘ng ulardan  bir yoki ko‘p qavatli gulzorlar uchun konstruksiya yaratamiz.      

Agar sizda tayyor yog‘och qutilar mavjud bo‘lsa, yana ham oson bo‘ladi. Beshta yog‘och qutini tuproq bilan to‘ldirib, burchaklarini bir-biriga qarama-qarshi tarzda joylashtirib, ichiga o‘zingiz yoqtirgan gullarni ekib qo‘ying. 

4. Turli materiallarni kombinatsiyalashtirib, gul uchun ajoyib uy yaratamiz 

Yoki haqiqiy oazisni yarating. Bunda turli taxtalar, kashpo, to‘siqlarni bezashda va landshaft dizayni uchun lentalar kerak bo‘ladi. 

5. Yog‘och yoki xodalardan yasalgan klumbalar ham ajoyib bezak bo‘ladi

Gullar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yog‘och taxtalardan o‘sganga o‘xshaydi, chunki tuproq deyarli ko‘rinmaydi. 

Buni qanday amalga oshirishingiz mumkinligini quyidagi videoda ko‘ring 

Bir nechta xodalardan yasalgan kichik gul klumbalarini birlashtirib, bo‘yaymiz va bog‘imizda klumbali poyezd paydo bo‘ladi.

Bu butun oila, shu jumladan bolalar bilan birga ishlash uchun ajoyib mashg‘ulot. Bolalar uchun bu ham o‘z qo‘llari bilan yasash, ham ko‘ngilochar vaqt o‘tkazish imkoniyatidir. 

6. Yog‘och taxtalardan vertikal gul klumbalarini yaratamiz 

Taxtalarni qo‘llashdan oldin, ustini tekkislab, chirishiga qarshi modda bilan ishlav beramiz, so‘ng lak yoki kraska bilan bo‘yaymiz. Maxsus geotekstilni bir nechta qatlamga buklab, mebel stepleri bilan yog’och qutining ichki tomoniga yopishtiramiz. Qutilarni yotqizib ichiga tuproq solamiz. O‘simliklarni ekib, suv quyib turamiz. Bir necha kundan so‘ng gullar ildiz otgach, rejalashtirganimizdek klumbali qutilarimizni vertikal holda mahkamlaymiz.

7. Kashpodan kichik gulzor yaratish yoki mavjud gulzorni turli o‘lchovdagi kashpolar yordamida bezash 

8. Sopol ko‘zalardan o‘ziga xos tuvak o‘rnida ishlatamiz 

Sopol ko‘zalar butun bo‘lishi shart emas.

9. Ishlatilmaydigan idishlar, soyabon, chamadon ichiga tuproq solib, gullar uchun yangi uy yasaymiz      

10. Eski stuldan gullar uchun maxsus javon yasaymiz 

Istasangiz stulni biror rangga bo‘yashingiz ham mumkin. So‘ng unga mos qutichalar va savatchalar tanlaymiz. Natijada quyidagi rasmda ko‘rsatilgan go‘yo kitoblardagi bog‘ bezagiga ega bo‘lamiz.      

Agar bog‘ingiz vintaj uslubda bo‘lsa, stulni o‘z holicha hech qanday o‘zgarishlarsiz qoldirishingiz mumkin. 

Stuldan qanday qilib gul klumbasini yasash bo‘yicha batafsil ko‘rsatmani tomosha qiling. 

Tasavvur erkinligi – bog‘ingizdagi o‘ziga xos uslub yatatishning siridir. Ushbu uslubni yasash jarayoni esa ajoyib psixologik mashg‘ulot hamdir.