Bokschilar Doʻsmatov va Jalolov podpolkovnik unvonini oldi
General-mayor Rustam Joʻrayev Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Doʻsmatovlarga muddatidan avval podpolkovnik harbiy unvonini topshirdi.
Boks boʻyicha ikki karra Olimpiada chempionlari Hasanboy Doʻsmatov va Bahodir Jalolovga muddatidan avval Milliy gvardiya podpolkovnigi unvonlari topshirildi.
Milliy gvardiya qoʻmondoni, general-mayor Rustam Joʻrayev Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari kapitan Bahodir Jalolov va kapitan Hasanboy Doʻsmatovlarga muddatidan avval podpolkovnik harbiy unvonini topshirdi.
Tantanali tadbirda Milliy gvardiya qoʻmondoni buyrugʻi bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari, ularning murabbiylari hamda 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan XXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan gʻoliblarning ota-onalari taqdirlandi. Shuningdek, har ikki bokschining onalariga Milliy gvardiyaning esdalik soatlari topshirildi.